Yong‘in– texnikaviy ekspertizasi

SUD-YОNG‘IN-TEXNIKAVIY EKSPERTIZASI

Sud yong‘in-texnik ekspertizasi muxandislik-texnikaviy ekspertizalar orasida, kriminalistik ekspertizalarga yaqin turi hisoblanadi. Buni, trasologik ekspertizasi bilan taqqoslasak, trasologik ekspertizasi tadqiqotlarida hodisa joyida jinoyatchi tomonidan qoldirilgan izlar (masalan, transport vositalari protektorining izlari) tadqiqot qilinsa, yong‘in-texnikaviy ekspertizasi tadqiqotlarida yong‘in joyida yong‘inning izlari, olovning ta’siri izlarini o‘rganish orqali yong‘inning boshlangan joyini, kelib chiqish sababi mexanizmini tiklash mumkin bo‘ladi.

Sud yong‘in-texnikaviy ekspertizasi asosan klassifikatsion va diagnostik masalalarini yechishga qaratilgan.

Klassifikatsion masalalarga yong‘in xavfsizligi qoidalari, QMvaQ va shu kabi me’yoriy hujjatlarning talab xamda qoidalarining buzilishi oqibatida sodir bo‘lgan yong‘inlar bilan bog‘liq savollar kiradi.

Diagnostik masalalarga yong‘inning kelib chikish mexanizmi tiklanilishi yo‘li bilan aniqlanadigan savollar kiradi.

Sud yong‘in-texnikaviy ekspertizasining predmeti yong‘inning paydo bo‘lishiga, rivojlanishiga sabab bo‘lgan haqiqiy holatlarni va uning oqibatlarini aniqlash uchun tabiiy-texnika fanlari va sud ekspertizasi sohasidagi maxsus bilimlar zarur bo‘lgan holatlar hisoblanadi.

Sud yong‘in-texnikaviy ekspertizasining ob’ektlari: binolar va qurilmalarning kuygan holatdagi yonadigan va qiyin yonadigan qismlari, buyumlarning yong‘indan keyin qolgan qoldiqlari, elektr asbob-uskunalari, elektr simlari, har-xil texnik qurilmalar, texnologik jihozlar, isitish asboblari, yonuvchi va yengil alangalanuvchi suyuqliklarning izlari bor bo‘lgan yong‘in qoldiqlari, jihozlarning yong‘indan keyingi qoldiqlari, alanga olishga, o‘zidan-o‘zi yonishga moyil moddalar va materiallar, o‘t oldirish moslamalari yoki ularning qoldiklari, ya’ni yong‘inga aloqador bo‘lgan narsalar hamda sharoitlar (holatlar) xizmat kilishi mumkin.

Yong‘inning kelib chiqish sababini aniqlash yong‘in-texnik ekspertizasining asosiy vazifasidir. Shu bilan bir qatorda, yong‘inning o‘chog‘i, yong‘inni rivojlanishi, tarqalish yo‘nalishi va boshqa bir qator holatlarni aniqlash xam yong‘in-texnik ekspertizasi vazifalariga kiradi.

Yong‘in hodisasini o‘rganish murakkab tadqiqotlarni o‘tkazish talab etilishi sababli, ekspertizani tayinlashdan oldin ekspertiza muassasasi ekspertlaridan maslahat olish maqsadga muvofiqdir.

Sud yong‘in-texnikaviy ekspertizasi vazifalariga:

– yong‘inning markazi (o‘chog‘i) aniqlash

– yong‘in tarqalish yunalishi aniqlash

– taqdim etilgan voqea joyidan olingan elektr simlarining ulanishida nosozliklar mavjudligi

– taqdim etilgan voqea joyidan olingan elektr simlarida qisqa tutashuv alomatlari mavjudligi

– taqdim etilgan omborxona ichidan olingan moddaning (suyuqlikning) alangalanish haroratini aniqlash

– taqdim etilgan tutab yongan tamaki mahsuloti cho‘g‘i qoldig‘ining issiqlik quvvati yonuvchi materiallarni yondirishga yetarligi

– paxta tolasi yong‘in ro‘y berishi oldida bo‘lgan shart-sharoitlarda o‘zidan-o‘zi (yong‘in manbaisiz) yonib ketishi mumkinligi

– qora (oq, kulrang) rangli tutun qanday moddalar yonish natijasida hosil bo‘lishi

– yong‘in neft mahsulotlaridan chiqqanligi

– elektr simlarida qisqa tutashuv alomatlari bo‘lsa, yong‘inning kelib chiqishiga sabab bo‘lish yoki bo‘lmasligi

– yong‘inning bevosita kelib chiqish sababini aniqlash

Ammo, «Yong‘in biror shaxs o‘t qo‘yishi natijasida paydo bo‘lganmi?» yoki «Yong‘in olovdan extiyotsizlik oqibatida foydalanish natijasida paydo bo‘lganmi?» kabi huquqiy mazmunga ega savollarni hal etish ekspertning vazifasiga kirmaydi.

Sud-yong‘in-texnik ekspertizasini o‘tkazish uchun, jinoyat ishi yoki yong‘in ishining hujjatlarini ekspertizaga tayyorlashda, ekspertizaga taqdim etiladigan xujjatlar orasida quyidagilar bo‘lishi zarur:

– voqea joyini kuzdan kechirish bayonnomasi, bunda, binoning o‘lchamlari, kurilish-konstruksiyasi, xonalarning kurilishi, eshik, romlarining materiali va o‘rnatilishi, xonaning ichida qanday materiallarning bo‘lganligi, elektr shiti yoki elektr hisoblagichning o‘rnatilgan joyi, unga o‘rnatilgan saklagachlarning holati, elektr rozetka, vilka va ularga ulangan (televizor, muzlatgich, konditsioner, dazmol, isitgich, xar-xil apparaturalar va h.k.) elektr yuklamalarining ulangan va joylashtirilgan joylari, elektr simlarining holati, gaz plitasi, isitgich, uning tutun chiqish yo‘llari ko‘rsatilgan bo‘lishi va ushbu joyda qaysi joyda yong‘in ko‘proq bo‘lgan, qaysi joyida yongg‘inning markazi alomatlari borligiga e’tibor berilishi va ashyoviy dalillar olingan joylar ko‘rsatilishi zarur;

– yong‘in joyining umumiy va elektr chizmasi: hodisa joyining umumiy chizmasida tekshirilayotgan ob’ekt, xonadagi bor narsalarning joylashish tartibi, o‘lchami ko‘rsatiladi. Binoning xonalari va ularning o‘lchamlari, ularning joylashuvining jug‘rofiy (janub, shimol, sharq, g‘arb) tomonlari, yong‘in joyida manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan moslamalar ko‘rsatilishi zarur. Elektr chizmasida elektr tarmogining stolbadan tortib, binoning ichi buylab, elektr simining tarmoklanishi va ularga ulangan elektr yuklamalarining ulangan joylari ko‘rsatilishi zarur;

– Davlat yongin nazorati inspeksiyasi komissiyasi tomonidan tuzilgan “Yong‘in xaqida dalolatnoma” xujjati, bunda yong‘inning sezilgan, xabar berilgan, sodir bo‘lgan va o‘chirilgan vaqti, yong‘in joyiga kelinganda nima yonayotgan bo‘lganligi, yong‘inning o‘chirilgan vaqti va taxminiy sababi ko‘rsatilishi zarur;

– tuman elektr ta’minoti korxonasidan yong‘in kuni, yong‘ingacha, elektr tarmog‘ida kuchlanishning kamayib yoki ko‘payib ketish xollari va avariya holatlari bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;

– tuman gaz idorasidan yong‘in kuni, yong‘ingacha gazning bosimi qanday bo‘lganligi va avariya holatlari bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;

– gidrometeorologiya xizmatidan yong‘in kuni, yong‘in vaqtigacha bo‘lgan shamolning yo‘nalishi, tezligi, yog‘ingarchilik, momaqaldiroq kabi tabiat hodisalarining bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;

– yong‘in joyining fotosuratlari va videotasviri;

– yong‘inni birlamchi ko‘rgan shaxslar, guvoh, jabrlanuvchi, ayblanuvchining ko‘rsatmalarida, yong‘in boshlangan joyi, vaqti, boshlang‘ich tutun chiqqan joy va uning rangi, kuchli yongan joy, maxsus hidlar sezilganligi yoki yo‘qligi, yong‘inning tarqalishi qanaday kechganligi, birdaniga alangalanish yoki portlash bo‘lgan-bo‘lmaganligi, shamolning yo‘nalishi, deraza va eshiklarning ochiq yoki yopiqligi, yong‘in sodir bo‘lishi oldidagi holatlar: shu joy atrofida elektr payvandlash, tamaki chekish, ochiq alangadan, gaz va elektr tarmog‘idan foydalanish, o‘z-o‘zidan yonishga moyil ashyo va moddalarning saqlanishi, shuningdek, elektr yuklamalarining o‘chgan yoki ulangan holatda bo‘lganligi kabi ma’lumotlar bo‘lishi zarur.

Yong‘inning sababini aniqdashda muxim omillardan biri voqea sodir bulgan joydan ashyoviy dalilarning to‘g‘ri (topilishi) tanlanib olinishidir. Yong‘in sodir bo‘lgan ob’ektlarda ashyoviy dalillar tergov oldi harakatlar jarayonida “yonginning markazini” so‘roq qilish, mutaxasislarni jalb qilish yo‘li bilan imkoniyati boricha aniqlanib, shu yong‘in markazi va uning yaqinidan olinishi zarur. Shuningdek, yong‘in ob’ektlaridan olingan ashyoviy dalillar yaxshi qadoqlangan bo‘lishi, uning olingan joylari voqea joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasida xamda unga ilova qilingan chizmada aniq ko‘rsatilishi va bu voqea joyidan olingan ashyoviy dalillar ekspertga kechiktirmasdan, holati buzilmagan holda taqdim etilishi zarur;

– ashyoviy dalillarni olish to‘g‘risidagi bayonnomasiga, uning chizmasi ilova qilinishi kerak. Unda ashyoviy dalillar olingan joylar xamda shu kabi ish uchun axamiyatli qismlari ko‘rsatilishi lozim;

– har-xil elektr asboblari va elektr simi bo‘laklari olinganda yongan binoning elektr bilan ta’minlash chizmasi taqdim etiladi. Unda, elektr simlari va asboblarining turixamda olingan joyi qo‘rsatilishi kerak. Mis elektr simlari olinganda ularni 50 sm.dan ortiq bo‘lmasligi, ortiqcha egilib bukilmasligiga e’tibor berish lozim;

Ekspert ishtirokida voqea joyini ko‘zdan kechirish tashkil qilinishi va bunda yong‘in sodir bo‘lgan joy o‘zgarmasdan saqlab turilgan xolda bu xarakatni o‘tkazilishi katta ahamiyatga ega.

Skip to content