SUD-EKSPERTLIK FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini jadal rivojlantirish, nodavlat tashkilotlar tomonidan sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslarini shakllantirish maqsadida, shuningdek 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini tashkil etishga ruxsat berish va ularga 1-ilovadagi ro‘yxatga muvofiq sud ekspertizalarining ayrim turlarini o‘tkazish huquqini berish haqidagi taklifi ma’qullansin.
  2. Belgilab qo‘yilsinki:

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertlari qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini pullik asosda 2-ilovaga muvofiq davlat muassasalarida o‘taydilar;

sud ekspertizasi sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tamomlagan shaxslarga ularning kasbiy layoqatini va sud ekspertlariga tegishli ixtisoslik bo‘yicha qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi sud eksperti sertifikati beriladi;

sud eksperti sertifikatini olgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladigan Yagona reestrga kiritiladi;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud eksperti tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda sud eksperti sertifikatini olmasdan turib sud ekspertizasi o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertizasini o‘tkazishda davlat sud-ekspertiza muassasalari kabi funksiyalarni amalga oshiradi, ular kabi huquqqa ega bo‘ladi, majburiyatlarni bajaradi va javobgar hisoblanadi;

sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan sud ekspertizasi xulosasiga qo‘shilmagan taqdirda, takroriy sud ekspertizasi faqat davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan amalga oshiriladi;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan uning rasmiy veb-saytida belgilangan tartibda joylashtiriladigan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari reytingi yuritiladi.

  1. 2019-2020 yillarda sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziriga:

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan pullik xizmatlar ko‘rsatishdan kelib tushadigan va boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan Markazning yangi bo‘linmalarini tashkil etish va qo‘shimcha shtatlar birligini joriy qilish;

Markaz tomonidan bajariladigan ishlar, ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha tariflar, narxlar va qiymatlarni mustaqil ravishda belgilash huquqi berilsin.

  1. Davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari 2022 yil 1 yanvarga qadar ularning faoliyatini ta’minlash uchun chetdan olib kelinadigan asbob-uskunalar, reaktivlar va sarflash materiallari uchun «O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» DUKning ijobiy xulosasi olingan taqdirda bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinsin.
  2. Belgilab qo‘yilsinki:

Markaz xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsientlari bir yarim barobar miqdorda qo‘llaniladi;

ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlar bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Markazning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Markazga ko‘rsatilgan pullik xizmatlardan tushadigan mablag‘larning 50 foizigacha bo‘lgan qismini Markaz xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish tadbirlari uchun Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltirishga ruxsat berilsin.

  1. Ilmiy tadqiqotlar natijalarini sud-ekspertlik faoliyatiga tatbiq etish, sud ekspertizalarini o‘tkazish uslubiyotini takomillashtirish, davlat sud-ekspertiza muassasalarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi etib belgilansin.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy ta’lim muassasalari Markazning tegishli bo‘lim va laboratoriyalariga 4-ilovaga muvofiq biriktirilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Markazga malakali mutaxassislar orasidan sud ekspertlarini tanlab olishda ko‘maklashsin.

  1. Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 martga qadar Markazning ixtisoslashtirilgan yangi binosi belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilinishini ta’minlasin.
  2. Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar xodimlari sud ekspertining mustaqilligi tamoyillariga so‘zsiz rioya qilishlari hamda sud ekspertlarining professional faoliyatiga har qanday ko‘rinishlarda, shu jumladan ortiqcha byurokratik sansalorlik holatlarini yuzaga keltirish va asossiz chaqiruvlar orqali ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘ymaslik haqida qat’iy ogohlantirilsin.
  3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYoEV

Toshkent sh.,

2019 yil 17 yanvar,

PQ-4125-son

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PQ-4125-son qaroriga
1-ILOVA

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan o‘tkazilishiga ruxsat berilgan sud ekspertizalari turlarining

RO‘YXATI

T/r Ekspertiza turlari
1. Sud-xatshunoslik ekspertizasi
2. Hujjatlarning sud-texnikaviy ekspertizasi
3. Sud-san’atshunoslik ekspertizasi
4. Sud-portret ekspertizasi
5. Sud-trasologik ekspertizasi
6. Tolali materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning sud ekspertizasi
7. Polimer materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning sud ekspertizasi
8. Lok-bo‘yoq materiallari va qoplamalarining sud ekspertizasi
9. Sud-tuproqshunoslik ekspertizasi
10. Neft mahsulotlari va yoqilg‘i-moylash materiallarining sud ekspertizasi
11. Tabiiy minerallar sud ekspertizasi
12. Shisha buyumlari va silikatli qurilish materiallarining sud ekspertizasi
13. Metall buyumlari va qotishmalarining sud ekspertizasi
14. Dori vositalarining sud ekspertizasi
15. Tabiati noma’lum moddalarning sud ekspertizasi
16. Tarkibida spirt bo‘lgan suyuqliklar va ularning izlari sud ekspertizasi
17. Maxsus markerlar (ko‘rsatkichlar) sud ekspertizasi
18. Oziq-ovqat mahsulotlarining sud ekspertizasi
19. Sud-biologik ekspertizasi
20. Sud-botanik ekspertizasi
21. Sud-zoologik ekspertizasi
22. Sud-ornitologiya ekspertizasi
23. Sud-ixtiologik ekspertizasi
24. Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi
25. Sud-transport-trasologiya ekspertizasi
26. Sud-transport-baholash ekspertizasi
27. Sud-iqtisodiy ekspertizasi
28. Sud-buxgalteriya ekspertizasi
29. Sud-moliya-kredit ekspertizasi
30. Mehnat iqtisodiyoti sud ekspertizasi
31. Sud-rejali-iqtisodiyot ekspertizasi
32. Sud-iqtisodiy-statistik ekspertizasi
33. Tashqi savdo faoliyatining sud-iqtisodiy ekspertizasi
34. Sud-qurilish-texnikaviy ekspertizasi
35. Sud-yer ekspertizasi
36. Sud-tovarshunoslik ekspertizasi
37. Sud-fonografiya ekspertizasi
38. Videomateriallarning sud ekspertizasi
39. Sud-ekologik ekspertizasi
40. Sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertizasi
41. Sud-filologik ekspertizasi
42. Sud-kompyuter-texnikaviy ekspertizasi
43. Sud-psixologik ekspertizasi
44. Sud-elektrotexnikaviy ekspertizasi
Izoh: nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari mazkur Ro‘yxat bilan tasdiqlangan sud ekspertizalari turlari bo‘yicha komissiyaviy va kompleks sud ekspertizalarni o‘tkazishga haqli.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PQ-4125-son qaroriga
2-ILOVA

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertlari uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tashkil etiladigan davlat muassasalarining

RO‘YXATI

T/r Muassasalar Ekspertiza turlari
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi Tolali materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning sud ekspertizasi
Polimer materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning sud ekspertizasi
Lok-bo‘yoq materiallari va qoplamalarining sud ekspertizasi
Sud-tuproqshunoslik ekspertizasi
Neft mahsulotlari va yoqilg‘i-moylash materiallarining sud ekspertizasi
Tabiiy minerallar sud ekspertizasi
Shisha buyumlari va silikatli qurilish materiallarining sud ekspertizasi
Metall buyumlari va qotishmalarining sud ekspertizasi
Dori vositalarining sud ekspertizasi
Tabiati noma’lum moddalarning sud ekspertizasi
Tarkibida spirt bo‘lgan suyuqliklar va ular izlarining sud ekspertizasi
Maxsus markerlar (ko‘rsatkichlar) sud ekspertizasi
Oziq-ovqat mahsulotlarining sud ekspertizasi
Sud-biologik ekspertizasi
Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi
Sud-transport-trasologiya ekspertizasi
Sud-transport-baholash ekspertizasi
Sud-iqtisodiy ekspertizasi
Sud-buxgalteriya ekspertizasi
Sud-moliya-kredit ekspertizasi
Mehnat iqtisodiyoti sud ekspertizasi
Sud-rejali-iqtisodiyot ekspertizasi
Sud-iqtisodiy-statistik ekspertizasi
Tashqi savdo faoliyatining sud-iqtisodiy ekspertizasi
Sud-qurilish-texnikaviy ekspertizasi
Sud-yer ekspertizasi
Sud-tovarshunoslik ekspertizasi
Sud-fonografiya ekspertizasi
Videomateriallarning sud ekspertizasi
Sud-ekologik ekspertizasi
Sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertizasi
Sud-filologik ekspertizasi
Sud-kompyuter-texnikaviy ekspertizasi
Sud-psixologik ekspertizasi
Sud-elektrotexnikaviy ekspertizasi
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi,

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi

Sud-xatshunoslik ekspertizasi
Hujjatlarning sud-texnikaviy ekspertizasi
Sud-trasologik ekspertizasi
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Sud-portret ekspertizasi
4. Fanlar Akademiyasi Botanika instituti Sud-botanik ekspertizasi
5. Fanlar Akademiyasi Zoologiya instituti Sud-zoologik ekspertizasi
Sud-ornitologiya ekspertizasi
Sud-ixtiologik ekspertizasi
6. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Sud-san’atshunoslik ekspertizasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PQ-4125-son qaroriga
3-ILOVA

2019-2020 yillarda sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha

«YO‘L XARITASI»

T/r Tadbirlar nomi Amalga oshirish shakli Ijro muddati Mas’ul ijrochilar
I. Sud-ekspertiza xizmatlari faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi «Sud ekspertizasi to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun loyihasini ishlab chiqish:

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan sud ekspertizalari va tadqiqotlarini o‘tkazish;

affillangan shaxs (mulkdor, ta’sischi, kuzatuv kengashi, ijro organi a’zosi, kreditor, sug‘urtalovchi, mulkiy manfaatdor shaxs va boshqalar) bo‘lgan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari, shuningdek, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining qonunda belgilangan tartibda sud eksperti sertifikatini olmagan sud eksperti tomonidan sud ekspertizalari o‘tkazilishini taqiqlash.

qonun

loyihasi

2019 yil

may

Adliya vazirligi, Oliy sud,
Bosh prokuratura, IIV, DXX,
Advokatlar palatasi
2. O‘zbekiston Respublikasining «Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida»gi Qonuni o‘z kuchini yo‘qotganligi to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish va ushbu tartibni Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlash. normativ-huquqiy hujjatlar 2019 yil iyun Adliya vazirligi, Oliy sud,
Bosh prokuratura, IIV, DXX,
Advokatlar palatasi
3. Quyidagilar to‘g‘risidagi nizomlar loyihalarini ishlab chiqish:

ixtisoslashtirilgan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tartibi;

sud ekspertlarini qayta tayyorlash tartibi;

tegishli ixtisoslik bo‘yicha sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat olgan shaxslarning Yagona reestrini yuritish tartibi.

Vazirlar Mahkamasining qarori 2019 yil iyul Adliya vazirligi, Oliy sud,
Bosh prokuratura, IIV, DXX,
Advokatlar palatasi,
Moliya vazirligi
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining (keyingi o‘rinlarda — RSEM) xodimlar umumiy cheklangan soni 177 nafarni, shu jumladan boshqaruv xodimlarining soni 49 nafarni tashkil etgan yangilangan tuzilmasini tasdiqlash. Vazirlar Mahkamasining qarori 2019 yil fevral Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi
5. Qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni kiritish. normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2019 yil

may

Adliya vazirligi,
RSEM
II. Sud-ekspertlik amaliyotiga yangi innovatsion ishlanmalarni joriy etish, sud ekspertizalarining turlarini kengaytirish, ularning sifati va ishonchliligini oshirish
6. RSEM laboratoriyalarini «Tadqiqot va kalibrovka laboratoriyalarining vakolatliliga qo‘yiladigan umumiy talablar» ISO/IEC 17025 xalqaro standartiga muvofiq akkreditatsiya qilish. chora-tadbirlar dasturi dastur asosida 2019-2020 yillar Adliya vazirligi, «O‘zstandart» agentligi
7. Markazda quyidagi yangi ekspertiza tadqiqotlari turlarini joriy qilish:

sud-psixologik ekspertizasi;

sud-elektrotexnika ekspertizasi;

oziq-ovqat mahsulotlarining sud ekspertizasi.

chora-tadbirlar dasturi dastur asosida 2019-2020 yillar RSEM,
Fanlar Akademiyasi
8. Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov organlari hamda sud xodimlari uchun sud ekspertizalarini o‘tkazishga zarur bo‘lgan tadqiqot ob’ektlarini yig‘ish, saqlash va taqdim etish usullari to‘g‘risida hududiy seminarlarni o‘tkazish. chora-tadbirlar dasturi dastur asosida 2019-2020 yillar Adliya vazirligi, Oliy sud,
Bosh prokuratura, IIV, DXX,
Advokatlar palatasi
9. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudyalar, advokatlar uchun sud ekspertizasi xulosasining xolisligi, ilmiy asoslanganligi va qonuniyligini baholash bo‘yicha misollarni kiritgan holda turli sohalardagi sud ekspertizalari xulosalari namunalari aks etgan o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash. o‘quv qo‘llanma 2019 yil sentabr RSEM,TDYuU,
IIV Akademiyasi, Bosh prokuratura Akademiyasi, Advokatlar palatasi
10. Sud-ekspertlik faoliyatining eng dolzarb muammolari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar, dasturlar va loyihalarni, shu jumladan milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish dasturini tasdiqlash. qo‘shma qaror 2019 yil iyul Adliya vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi
11. Sud-ekspertlik faoliyati bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish uchun zarur dasturiy mahsulotlar (ma’lumotlar bazalari), xususan «West Law», «Lexis Nexis» va boshqa xalqaro ma’lumot-huquqiy tizimlarini xarid qilish va kelgusida yangilab borish. chora-tadbirlar dasturi dastur asosida 2019-2020 yillar Adliya vazirligi
12. Axborot-resurs markazi fondini ixtisoslashtirilgan o‘quv, ilmiy va boshqa adabiyotlar bilan yangilash, shu jumladan sud ekspertizasi sohasidagi xorijiy axborot-tahliliy davriy nashrlarga muntazam obuna bo‘lishni ta’minlash. chora-tadbirlar dasturi dastur asosida 2019-2020 yillar Adliya vazirligi
13. RSEMni «Elektron ta’lim» milliy tarmog‘i, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining elektron axborot-kutubxona fondi va yetakchi xorijiy axborot-kutubxona resurslari fondlariga ulash. chora-tadbirlar dasturi dastur asosida 2019-2020 yillar Adliya vaziriligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi

14. Sud ekspertlarining faoliyatini kasbiy layoqatliligi, ish staji, o‘tkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlar asosida baholashning reyting tizimini joriy qilish. adliya vazirining buyrug‘i 2019 yil iyun Adliya vazirligi
15. Quyidagi tadqiqotlar bo‘yicha pullik xizmat ko‘rsatishning yangi turlarini joriy etish:

Y-xromosoma bo‘yicha populyatsion kelib chiqishni aniqlash;

odamning turli kasalliklarga genetik moyilligini aniqlash;

turli oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibini aniqlash.

chora-tadbirlar dasturi dastur asosida 2019-2020 yillar Adliya vazirligi
16. Davlat sud ekspertiza muassasalari va tegishli davlat organlari ekspert bo‘linmalari tomonidan o‘tkaziladigan bir xildagi sud ekspertizalarini aniqlash va ularni o‘tkazish bo‘yicha yagona idoralararo uslubiyotni tasdiqlash. metodik ko‘rsatmalar 2019 yil aprel Adliya vazirligi,

IIV,

manfaatdor idoralar

III. RSEMning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sud-ekspertlik faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish
17. RSEMning yangi ixtisoslashgan binosi qurilishini texnik topshiriq va loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq «tayyor holda topshirish» shartlarida, shu jumladan quyidagilarni ta’minlagan holda yakunlash:

elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, aloqaning tashqi tarmoqlari va binoning boshqa infratuzilmasini qurish;

tutash hududlarni (mahalliy budjet hisobidan) obodonlashtirish.

qabul qilish dalolatnomasi 2019 yil mart Adliya vazirligi,
Toshkent shahar hokimi apparati
18. RSEMning yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlash. chora-tadbirlar dasturi dastur asosida

2019-2020 yillar

Axborot texnologiyalari vazirligi, Adliya vazirligi
19. RSEM rasmiy veb-saytini modernizatsiya qilish va turli ijtimoiy tarmoqlarda, shu jumladan «Facebook»da RSEMning rasmiy sahifasini ochish. chora-tadbirlar dasturi dastur asosida

2019 yil

RSEM
20. Sud-ekspertiza muassasalarida quyidagilarni nazarda tutuvchi avtomatlashtirilgan axborot-qidiruv tizimlari va kompyuter dasturlari, elektron ma’lumotlar bazalarini joriy etish:

sud ekspertlarining avtomatlashtirilgan ish o‘rinlarini tashkil etish;

ekspert xulosalarini ro‘yxatga olish va buyurtmachilarga yuborish, shuningdek, sud ekspertlarining qo‘shimcha materiallar taqdim etilishini so‘rab kiritgan iltimosnomalarini yuborish va ularni taqdim qilish muddatlarini qisqartirish maqsadida idoralararo elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish;

ko‘rilayotgan ish natijasidan manfaatdor bo‘lgan tomonlardan birining yoki boshqa shaxslarning foydasiga xulosa olish uchun sud ekspertiga ta’sir ko‘rsatish holatlari, shuningdek, sud eksperti tomonidan korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tadqiqot ob’ektlarini shifrlash (kodlash) tizimini to‘liq joriy etish;

sud ekspertizalarini o‘tkazish ketma-ketligi, shuningdek, ularning muddatini to‘xtatish va uzaytirishni nazorat qilish imkoniyati.

chora-tadbirlar dasturi dastur asosida

2019-2020 yillar

Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy sud,
Bosh prokuratura
21. RSEMni maxsus mebel, sud ekspertizalar va kriminalistik tadqiqotlarni o‘tkazish uchun zarur zamonaviy uskunalar bilan 2019-2020 yillarda ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ta’minlash. chora-tadbirlar dasturi dastur asosida

2019-2020 yillar

Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi

IV. Ixtisoslashtirilgan nodavlat sud ekspertiza tashkilotlarini rivojlantirish
22. Ixtisoslashtirilgan nodavlat sud ekspertiza tashkilotlarini tashkil etish, shuningdek, RSEMni rivojlantirish uchun xususiy kapital, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalasini ishlab chiqish. chora-tadbirlar dasturi dastur asosida

2019-2020 yillar

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Adliya vazirligi
23. OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlar orqali zamonaviy sud ekspertizasining imkoniyatlari to‘g‘risida keng reklama va targ‘ibot kampaniyalarini o‘tkazish. chora-tadbirlar dasturi doimiy asosda Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi,
MTRK, EOAVMA
V. Sud-ekspertlik faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish
24. Butunjahon sud ekspertlari assotsiatsiyasiga (IAFS) a’zo bo‘lish masalasini ishlab chiqish. chora-tadbirlar dasturi dastur asosida

2019-2020 yillar

Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi
25. RSEMning xalqaro hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish:

yetakchi sud-ekspertiza, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan memorandumlar, o‘zaro hamkorlik bitimlari tuzish, qo‘shma dasturlarni amalga oshirish;

RSEM sud ekspertlarining malakasini oshirish jarayonida yetakchi xorijiy mutaxassislarning ishtirokini ta’minlash maqsadida ularni jalb qilish amaliyotini joriy etish;

RSEM sud ekspertlarini xorijiy mamlakatlarning sud-ekspertiza muassasalarida stajirovka o‘tashlari, shuningdek, sud-ekspertlik faoliyatining dolzarb masalalari bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy forumlarda muntazam ishtirok etishlarini tashkil qilish.

chora-tadbirlar dasturi dastur asosida

2019-2020 yillar

Adliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,
Moliya vazirligi

1. Huquqiy munosabatlarning predmeti va tartibga solish sohasidan kelib chiqib, tadbirlarni amalga oshirish shakllari o‘zgarishi, ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy aktlar va boshqa hujjatlar esa birlashtirilishi mumkin.
2. Ikki va undan ko‘p bandlar birlashtirilganda, ijro muddati sifatida birlashayotgan bandlar uchun ko‘rsatilgan eng kechki muddat belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PQ-4125-son qaroriga

4-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining tegishli bo‘lim va laboratoriyalariga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy ta’lim muassasalarining

RO‘YXATI

T/r Muassasalar Ekspertizalar turlari Markazning bo‘lim va laboratoriyalari
1. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Mikrozarralarning sud ekspertizasi Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi
Tolali materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning sud ekspertizasi
2. Toshkent davlat agrar universiteti Sud-tuproqshunoslik ekspertizasi
3. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti Polimer materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning sud ekspertizasi
4. Toshkent kimyo texnologiyalari instituti Lok-bo‘yoq materiallari
va qoplamalarining sud ekspertizasi
Neft mahsulotlari va yoqilg‘i-moylash materiallarining sud ekspertizasi
Tarkibida spirt bo‘lgan suyuqliklar va ular izlarining sud ekspertizasi
Shisha buyumlari va silikatli qurilish materiallarining sud ekspertizasi
Metall buyumlari va qotishmalarining sud ekspertizasi
5. Toshkent farmasevtika instituti Dori vositalarining sud ekspertizasi
6. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti Tabiati noma’lum moddalarning sud ekspertizasi
7. M. Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Zaharli ximikatlar va og‘ir metallar tuzlarining sud ekspertizasi
Tabiiy minerallar sud ekspertizasi
Maxsus markerlar (ko‘rsatkichlar) sud ekspertizasi
Sud-biologik ekspertizasi
Sud-ekologik ekspertizasi
8. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti Oziq-ovqat mahsulotlarining sud ekspertizasi
9. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi
10. Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti Sud-avtotexnikaviy ekspertizasi Sud-avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasi
Sud-yo‘l-transport ekspertizasi
Sud-transport-trasologiya ekspertizasi
11. O‘zbekiston Respublikasi Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi Sud-transport-baholash ekspertizasi
12. Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti Sud-iqtisodiy ekspertizasi Sud-iqtisodiy ekspertizasi bo‘limi
Sud-buxgalteriya ekspertizasi
Tashqi savdo faoliyatining sud-iqtisodiy ekspertizasi
Mehnat iqtisodiyoti sud ekspertizasi
Sud-rejali-iqtisodiyot ekspertizasi
Sud-iqtisodiy-statistik ekspertizasi
13. Bank-moliya akademiyasi Sud-moliya-kredit ekspertizasi
14. Toshkent arxitektura-qurilish instituti Sud-qurilish-texnikaviy ekspertizasi Sud-qurilish-texnik ekspertizasi bo‘limi
Sud-yer ekspertizasi
15. Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi instituti Sud-yong‘in-texnik ekspertizasi Yong‘in-texnikaviy ekspertizasi laboratoriyasi
16. Toshkent davlat texnika universiteti Sud-elektrotexnikaviy ekspertizasi
17. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Sud-tovarshunoslik ekspertizasi Tovarshunoslik ekspertizasi bo‘limi
18. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Sud-fonografiya ekspertizasi Sud-fonografiya ekspertizasi laboratoriyasi
Videomateriallarning sud ekspertizasi
19. M. Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertizasi Nutqshunoslik va psixologik ekspertizasi bo‘limi
Sud-psixologik ekspertizasi
20. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Sud-filologik ekspertizasi
21. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Sud-kompyuter-texnikaviy ekspertizasi Kompyuter-texnikaviy ekspertizasi laboratoriyasi
22. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Sud-xatshunoslik ekspertizasi Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi
Hujjatlarning sud-texnikaviy ekspertizasi
23. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Sud-trasologik ekspertizasi Sud-ballistika va trasologiya ekspertizasi laboratoriyasi
Sud-daktiloskopik ekspertizasi
Sud-portret ekspertizasi

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2019 y., 07/19/4125/2510-son)

Skip to content