Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarini qayta tayyorlash o‘quv kurslariga qabul boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi 2022-o‘quv yili uchun Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarini qayta tayyorlash o‘quv kurslariga hujjatlarni qabul qilishni boshladi.

O‘quv kurslarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar quyidagi hujjatlarni topshiradi.

Markaz direktori (komissiya raisi) nomiga ariza (arizada talabgorning qaysi tilda ta’lim olish istagi ko‘rsatiladi);

  • pasport nusxasi;
  • ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • 3,5×4,5 hajmdagi ikki dona fotosurat;
  • nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti nomidan tavsiyanoma (agar talabgor yuridik shaxs xodimi bo‘lsa);

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markaziga kelib yoki pochta yoxud info@sudex.uz elektron pochta orqali sifatli (ko‘rinarli, yaxshi o‘qiladigan) darajada taqdim qilishlari (suhbat jarayonida hujjatlarning asli ko‘rsatiladi) lozim.

Qabul komissiyasi tomonidan (o‘zbek yoki rus tilida) suhbat 2022-yil mart oyining ikkinchi o‘n kunligida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi binosi (Toshkent shahri, Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasi)da o‘tkaziladi.

O‘qish muddati olti oydan (24 xafta) kam bo‘lmagan muddatda tashkil etiladi.

O‘qish uchun to‘lov miqdori  o‘quv jarayoni an’anaviy  ta’lim shaklida tashkil etilganda, amaldagi bazaviy hisoblash miqdorining 45 (qirq besh) baravari miqdorida, masofaviy ta’lim shaklida tashkil etilganda esa, bazaviy hisoblash miqdorining 40 (qirq) baravari miqdorida amalga oshiriladi.

Hujjatlar 2022-yilning 5-yanvar kunidan 11-mart kuniga qadar qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: 71-209-11-55/(190)

Elektron manzil: info@sudex.uz

Skip to content