Rajabov Elbek Xamidovich
Kadrlar bo’limi boshlig’i
Tel: 71-209-11-55
Ichki tel: 120
Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Kadrlar bo‘limi Markazning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
Bo‘lim o‘zining faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’atining qarorlari, Markaz direktorining direktiv hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Bo‘lim Markaz va tarkibiy bo‘limlarning kadrlar masalasi faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Bo‘lim o‘z faoliyatini amalga oshirishda va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishda o‘z nomi tushirilgan muhrdan foydalanadi.
Bo‘limning vazifalari:
Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:
-zamonaviy talablar hamda davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratlashtirish jarayonlarini, standartlarni hisobga olgan holda Markaz
va tarkibiy bo‘limlarda kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
-Markaz va tarkibiy bo‘limlar bilan hamkorlikda bilimli, axloqan pok, vijdonli va malakali, yuksak ma’naviy fazilatlarga ega kadrlarni tanlash
va lavozimlarga tayinlashni ta’minlash;
-zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda kadrlarni saralab olish va joy-joyiga qo‘yishning maksimal darajada shaffof va adolatli tartibini joriy etish;
-muvaffaqiyatli xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda menejmentning zamonaviy tizimlari asosida kadrlar bilan ishlash mexanizmini takomillashtirish;
-kadrlarni boshqarish sohasida xodimlar tarkibining son va sifat xususiyatlari davlat organlari va tashkilotlari oldida turgan vazifalarga muvofiq kelishiga erishish va uni saqlab qolishga yo‘naltirilgan siyosatni shakllantirish va amalga oshirish;
-Markazning mehnat resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarini Markaz oldida turgan vazifalarga, ularni rivojlantirish strategiyalariga, shuningdek, mehnat bozoridagi o‘zgarib borayotgan tashqi va ichki kon’yunkturaga mos ravishda qanoatlantirish;
-Markaz xodimlari uchun mansab pog‘onalaridan ko‘tarilishda mehnat faoliyatini axloq-iroda sifatlari, iqtidori va ko‘nikmalarini ob’ektiv baholashga asoslangan teng imkoniyatlar yaratish;
-kadrlar salohiyatini doimiy rivojlantirish va maksimal to‘liq ishtirok etishini ta’minlash asosida davlat organlari va tashkilotlari oldida turgan vazifalarga erishishda har bir xodimning shaxsiy hissasini oshirishda ko‘maklashish;
-xodimlarda yuksak kasbiy odob-axloqni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga toqat qilib bo‘lmaydigan munosabatni shakllantirish bo‘yicha ta’sirchan choralarni ko‘rish;
-muntazam asosda kadrlarning professional darajasini oshirish, bunda ularning uzluksiz ta’lim olishini (sohaga oid va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda), shu jumladan xorijda tashkil etish.