O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish, huquqni muhofaza qilish organlari va sudlarning malakali ekspert tadqiqotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, sud ekspertizasi sohasidagi tadqiqotlarning ilmiy asoslanganligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
- Quyidagilar:
2012 — 2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazini rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) xodimlarining cheklangan umumiy soni 177 nafar (xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlarni hisobga olmagan holda), ulardan boshqaruv xodimlari 49 nafar bo‘lgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 apreldagi 338-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2019 y., 09/19/338/3003-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziriga Markaz tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni va ajratilgan mablag‘lar doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 apreldagi 206-sonliqarori tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 16-son, 274-modda)
- Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasida sud ekspertizasi institutini har tomonlama rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, sud ekspertizasi muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish, mamlakatda sud ekspertizasi nazariyasi va amaliyotini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish;
fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, odil sudlovni amalga oshirish, jamoat tartibini, xavfsizlikni ta’minlash, jinoyatlar va huquqbuzarlikka qarshi kurashish masalalarida huquqni muhofaza qilish organlari va sudlarga maxsus bilimlarni qo‘llash yo‘li bilan ko‘maklashish;
huquqni muhofaza qilish organlari va sudlarning maxsus bilimlarga bo‘lgan ehtiyojlarini tizimli o‘rganish, zamonaviy ilmiy-texnika yutuqlari, ilmiy tavsiyalar va ilg‘or xorijiy tajriba asosida yangi metodikalarni sud-ekspertlik amaliyotiga joriy etish;
fuqarolik, xo‘jalik ishlari, ma’muriy va jinoiy ishlar, tergovgacha tekshiruvlar materiallari bo‘yicha sud ekspertizalarini, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bo‘yicha ekspert ixtisosliklarga muvofiq tadqiqotlarni o‘tkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha faoliyatni tashkil qilish
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 apreldagi 206-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017 y., 16-son, 274-modda)
maxsus bilimlar va texnika vositalarini qo‘llashda huquqni muhofaza qilish va sud organlari xodimlariga metodik yordam ko‘rsatish, ularni sud ekspertizasi sohasidagi zamonaviy yutuqlar va imkoniyatlar bilan tanishtirish;
maxsus bilimlar asosida huquqbuzarliklarni sodir etishga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda ularning oldini olishga doir takliflar ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019 y., 09/19/161/2600-son)
- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
ayrim og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganligi uchun hukm qilingan shaxslar, jinoyatchilar qoldirgan biologik izlar, shaxsi aniqlanmagan murdalar, shuningdek bedarak yo‘qolgan shaxslar bo‘yicha DNK ma’lumotlari milliy bazasini (genom ma’lumotlarni) yaratishga doir tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar kompleksini ikki oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tasdiqlasin;
2013-2014 yillarda Markazda tadqiqotlarning raqamli texnologiyalar, shuningdek elektroakustik montaj belgilari asosida audio va videomanbalarni kompleks tadqiq qilish; yer uchastkalariga bo‘lgan egalik huquqlari qiymatini ekspert baholash; tashqi savdo faoliyatining sud-iqtisodiy ekspertizasi; sud-ekologik, sud-siyosatshunoslik-lingvistik, sud-filologik ekspertizalar kabi yangi turlarini tashkil etish tadbirlari rejasini ikki oy muddatda tasdiqlasin;
fan va texnikaning so‘nggi yutuqlariga, ilmiy tavsiyalarga asoslangan yangi tadqiqotlar turlari Markazning sud-ekspertlik amaliyotiga joriy etilishining holati yuzasidan doimiy monitoringni ta’minlasin.
- Markaz xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha razryadlar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2012 yil 1 noyabrdan boshlab Markazning rahbar xodimlariga va ekspertlariga alohida mehnat sharoitlari uchun tarif stavkasiga rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha haq va ustamalarni hisoblab yozishda lavozim maoshi tarkibiga kiritiladigan 30 foiz miqdoridagi har oylik ustama haq belgilansin.
- Quyidagilar:
Markaz xodimlariga davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan moddiy rag‘batlantirish shartlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Markazning rahbar xodimlariga va ekspertlariga lavozim maoshlariga martaba darajasi va muayyan yil ishlaganligi uchun budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan to‘lanadigan ustamalar va qo‘shimcha haq saqlab qolinsin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 oktabrdagi 873-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2017 y., 09/17/873/0180)
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2012 yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ijtimoiy sohaga nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida, ushbu qarorning amalga oshirilishi, shu jumladan Markaz xodimlari sonining ko‘paytirilishi, Markazni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda sud ekspertizalarining yangi turlarini o‘tkazish va joriy etish uchun uni sarflash materiallari bilan ta’minlash va DNK ma’lumotlari milliy bazasini (genom ma’lumotlarni) yaratish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar uchun mablag‘lar ajratsin, 2013 yildan boshlab esa ushbu mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
- O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Tashqi ishlar vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2013 — 2015 yillarda Markazni zamonaviy tadqiqot va kriminalistika uskunalari bilan jihozlash uchun xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlar grantlarini jalb etish to‘g‘risidagi masalani ishlab chiqsin.
- Markaz o‘z faoliyatini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha chetdan keltiriladigan kriminalistika uskunalari, reaktivlar va sarflash materiallari uchun bojxona to‘lovlari (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlari bundan mustasno) to‘lashdan 2016 yil 1 yanvargacha ozod qilinsin.
- Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda Markazning yangi ixtisoslashtirilgan binosini qurish uchun yer uchastkasi ajratilishini ta’minlasin.
- Markazning ixtisoslashtirilgan binosini qurish bo‘yicha buyurtmachi funksiyasi Toshkent shahar hokimligi huzuridagi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasiga yuklansin.
- O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Investitsiya dasturini shakllantirishda 2013 yilda – loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga, 2014 yildan boshlab esa – Markazning ixtisoslashtirilgan binosini qurishga zarur budjet mablag‘larini nazarda tutsin.
- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Markazning tuzilmasi o‘zgarganligini va unga ushbu qarorda nazarda tutilgan qo‘shimcha vazifalar yuklanganligini hisobga olgan holda uning Ustavini yangi tahrirda tasdiqlasin.
- Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ekspertiza xizmatini rivojlantirish to‘g‘risida» 1995 yil 22 iyundagi 234-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida» 2003 yil 30 apreldagi 197-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 4-son, 34-modda) ilovaning 7-bandi;
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud ekspertizasi muammolari bo‘yicha kengash faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» 2010 yil 15 dekabrdagi 299-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 12-son, 67-modda) 3-ilova.
- Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri N.T. Yo‘ldoshev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYoEV
Toshkent sh.,
2012 yil 14 noyabr,
321-son
Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 14 noyabrdagi 321-qaroriga
1-ILOVA
2012—2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazini rivojlantirish
DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.
T/r | Tadbirlar nomi | Amalga oshirish shakli | Bajarish muddatlari | Mas’ul bajaruvchilar |
I. Sud-ekspertiza xizmati faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish | ||||
1. | DNK (genom ma’lumotlar) milliy ma’lumotlar ba’zasini yaratish uchun biologik namunalarni olish, hisobga olish va saqlashning huquqiy asoslarini belgilovchi, shuningdek ulardan foydalanish va ularni yo‘q qilish masalalarini tartibga soluvchi «Genom bo‘yicha ro‘yxatga olish to‘g‘risida»gi Qonun loyihasini ishlab chiqish. | Qonun loyihasi | 2013 yil I chorak | Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy xavfsizlik xizmati, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi |
2. | Markazning tarkibiy o‘zgartirilganligini, shuningdek unga yuklangan qo‘shimcha vazifalarni hisobga olgan holda Markaz Ustavini yangi tahrirda tasdiqlash. | Adliya vazirining buyrug‘i | 2012 yil IV chorak | Adliya vazirligi |
3. | Markaz hududiy bo‘linmalarining yangilangan nizomlari va tuzilmalarini unga yuklatilgan vazifalarni inobatga olgan holda tasdiqlash. | Adliya vazirining buyrug‘i | 2012 yil IV chorak | Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Moliya vazirligi |
II. Sud-ekspertlik amaliyotini kengaytirish, sud ekspertizalarining sifati va ishonchliligini oshirish | ||||
4. | Markazda tadqiqotlarning yangi turlarini joriy etish: | Chora-tadbirlar rejasi |
Rejani tasdiqlash — 2012 yil IV chorak, amalga oshirish — 2013-2014 yillar |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, vazirliklar va idoralar |
raqamli texnologiyalar, shuningdek elektroakustik montaj belgilari asosida audio va videomanbalarni kompleks tadqiq qilish; | ||||
yer uchastkalariga bo‘lgan egalik huquqlari qiymatini ekspert baholash; | ||||
tashqi savdo faoliyatining sud-iqtisodiy ekspertizasi; | ||||
sud-ekologik ekspertiza; | ||||
sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertiza; | ||||
sud-filologik ekspertiza. | ||||
5. | Ekspertlar xulosalarining ilmiy asoslangani va ishonchliligi oshishini ta’minlaydigan ekspert tadqiqotlari sifatini nazorat qilish tizimini tashkil etish. | Qo‘shma qaror | 2014 yil | Adliya vazirligi, «O‘zstandart» agentligi |
6. | Markazning ekspert laboratoriyalarini jihozlash bo‘yicha standartlarni ishlab chiqish, ularni standartlashtirish va sertifikatlash bo‘yicha ekspert tadqiqotlarining yuqori sifati va ishonchliligini ta’minlaydigan tadbirlarni amalga oshirish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2015 yil | Adliya vazirligi, «O‘zstandart» agentligi |
7. | Ekspertlik amaliyotiga ekspertizalarni o‘tkazish muddatlarini qisqartirishga, sud-tergov ishi tezkorligini oshirishga qaratilgan tadqiqotning ilg‘or metodikalarini joriy etish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2013 — 2015 yillar | Adliya vazirligi |
III. Sud-ekspertlik xizmatning ilmiy-tadqiqot ishlarini takomillashtirish | ||||
8. | O‘zbekistonda sud ekspertizasi nazariyasi va amaliyotini rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash. | Sud ekspertizasi muammolari bo‘yicha Kengash qarori | 2013 yil I-chorak | Adliya vazirligi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, vazirliklar va idoralar |
9. | Quyidagi mavzular bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish: lotin grafikasi asosida o‘zbek tilida yozilgan qo‘lyozma matnlarni bajargan shaxsning jinsini aniqlash metodikasini ishlab chiqish; lotin grafikasi asosida o‘zbek tilida dastxati ataylab o‘zgartirib yozilgan qo‘lyozma matnlarni tekshirish; O‘zbekiston tub aholisining odam DNKsini Y-xromosomasi bo‘yicha tekshirish; giyohvandlik vositalari, psixatrop moddalar va prekursorlarning mikro miqdorlarini tekshirish usullarini takomillashtirish; bosma vositalar va printer markasini identifikatsiya qilish maqsadida turli printerlarda bajarilgan bosma matnlar chiziqlarining mikro tuzilishini tekshirish; yangi rusumdagi shinalar protektorlari ko‘rinishining albomini yaratish; sud-ballistika ekspertizasi bo‘yicha o‘q uzgan shaxsni aniqlash uchun elektron mikroskapiyadan foydalanish; izshunoslik (trasologiya) ekspertizasi bo‘yicha ma’lumotnoma-axborot fondini yaratish; o‘simlik moyi va hayvonlar yog‘ini tekshirish bo‘yicha sud-ekspertlik tadqiqoti metodikalarini ishlab chiqish va takomillashtirish; turli markadagi kislotali bo‘yoqlar bilan turli darajada bo‘yalgan jun tolalarni taqqoslab tekshirish uchun spektral usulning kriminalistika ekspertizalarini amalga oshirishga joriy etish; «UzGM» rusumidagi avtomobillarning tormoz xususiyatlarini aniqlash; bank sohasida iqtisodiy jinoyatlarni sodir etish uchun qo‘llanadigan hujjatlarni tekshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; baholashning bozor usullaridan foydalangan holda ob’ektlar qurilishini narxlash bo‘yicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqish; raqamli manbalar yordamida yozib olingan o‘zbek tilidagi fonogrammalarda nutq signali ko‘rsatkichlariga tozalash vositalarining (filtrlarning) ta’sirini o‘rganish. |
Ilmiy tadqiqotlar | 2013 — 2015 yillar | Adliya vazirligi |
IV. Sud-ekspertlik xizmatining kadrlar salohiyatini mustahkamlash | ||||
10. | Ekspert mutaxassisliklari bo‘yicha sud ekspertlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha maxsus o‘quv dasturlarini tasdiqlash. | O‘quv dasturlari | 2013 yil | Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati |
11. | Markazda sud ekspertlarini ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini tashkil etish. | O‘quv kurslari | 2013 yil | Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati |
12. | Sud ekspertlarining ilg‘or xorijiy mamlakatlardagi sud-ekspertlik muassasalarida stajirovkadan o‘tishini, shuningdek xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda, jumladan Jahon sud ekspertlari assotsiatsiyasi (IAFS) shafeligida o‘tkaziladigan anjumanlarda muntazam ishtirok etishini tashkil qilish. | Stajirovkalar rejasi (kelishuv bo‘yicha) | Muntazam ravishda | Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
V. Sud-ekspertlik xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash | ||||
13. | Markaz hududiy bo‘linmalarining moddiy-texnika bazasi holatini o‘rganish, hududiy bo‘linmalarda ekspertizaning qo‘shimcha turlarini tashkil etish maqsadida ularni mustahkamlash va qo‘shimcha ravishda jihozlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2012 yil IV chorak | Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
14. | Markazning yangi ixtisoslashtirilgan binosini qurish uchun Markazga yer uchastkasi ajratish. | Toshkent shahar hokimining qarori | 2012 yil IV chorak | Toshkent shahar hokimligi, Adliya vazirligi |
15. | Markazning sud-ekspertlik laboratoriyalarini joylashtirishning zamonaviy standartlariga javob beradigan yangi ixtisoslashtirilgan binosini qurish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2013 — 2015 yillar | Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi |
16. | Markaz faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish dasturini amalga oshirish. | Adliya vazirining buyrug‘i | 2013 — 2015 yillar | Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
17. | Markazning ekspertizalarni zamonaviy ilmiy darajada uzluksiz o‘tkazishni ta’minlaydigan uskunalar bazasini (kriminalistika texnikasi, ehtiyot qismlar, sarflash materiallari) modernizatsiya qilish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2013 — 2015 yillar | Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
VI. Huquqiy targ‘ibot bo‘yicha tadbirlar | ||||
18. | «O‘zbekistonda sud-ekspertlik faoliyatining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish. | Konferensiya | 2013 yil II chorak | Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi |
19. | Markazning Internet tarmog‘idagi Markazning tuzilmasi, tarkibi, vazifalari va funksiyalari haqida axborot taqdim etishni, shuningdek aholiga interfaol davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlaydigan rasmiy veb-saytini modernizatsiya qilish hamda muntazam yangilab borish. | Adliya vazirining buyrug‘i | 2013 yil I chorak | Adliya vazirligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi |
20. | Huquqni muhofaza qilish organlari va sud xodimlari o‘rtasida sud ekspertizalarining zamonaviy imkoniyatlarini tushuntirish bo‘yicha mavzuga oid seminarlar, davra suhbatlari va ma’ruzalarni tashkil etish. | Jadval | Muntazam ravishda | Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi |
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 27 iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015 y., 26-son, 338-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 14 noyabrdagi 321-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymanova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining
TUZILMASI
Xodimlarning umumiy cheklangan soni (texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) — 177 shtat birligi, ulardan boshqaruv xodimlari — 49 shtat birligi.
Izoh: Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni normativlar bo‘yicha belgilanadi. Ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish uchun mutaxassis va olimlar shartnoma asosida qo‘shimcha ravishda jalb qilinishi mumkin.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 apreldagi 338-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2019 y., 09/19/338/3003-son)
Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 14 noyabrdagi 321-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi xodimlari mehnatiga haq to‘lash
RAZRYADLARI
Lavozimlar nomi | Tarif razryadi |
Direktor | 16 |
Direktor o‘rinbosari | 14 |
Ilmiy kotib, laboratoriya mudiri (bo‘lim, bo‘linma) | 12 |
Bosh ekspert | 11 |
Yetakchi ekspert | 10 |
Katta ekspert | 9 |
Ekspert | 8 |
Ish o‘rganuvchi-ekspert* | 7 |
Bosh buxgalter | 13 |
Kadrlar bo‘limi boshlig‘i | 13 |
Markazlashtirilgan ta’minot xizmati boshlig‘i | 8 |
Buxgalter | 8 |
Iqtisodchi | 8 |
Devonxona mudiri | 8 |
Kutubxona mudiri | 6 |
Katta nozir (kadrlar bo‘limi) | 6 |
Katta laborant (oliy ma’lumotli) | 5 |
Laborant (oliy ma’lumotsiz) | 4 |
Nozir (devonxona) | 4 |
Omborxona mudiri | 4 |
* Mustaqil ishlashga tayyorlash davrida sud eksperti sifatida ekspert lavozimlariga 2 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga qabul qilingan shaxslar.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012 y., 46-47-son, 522-modda; 2015 y., 26-son, 338-modda; 2017 y., 16-son, 274-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2017 y., 09/17/873/0180; 23.02.2019 y., 09/19/161/2600-son, 22.04.2019 y., 09/19/338/3003-son)