U.X. Uzakov
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
xuzuridagi X. Sulaymonova nomidagi
Respublika sud ekspertizasi markazi
direktorining ekspertlik faoliyati
va ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
Sud ekspertiza adolatni, inson huquq va erkinliklariga so‘zsiz rioya qilishni ta’minlashga qo‘maklashuvchi muhim vosita xisoblanadi. Shu bois, ushbu faoliyatga davlat va jamiyat tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda. Respublamizda sud ekspertiza institutini xar tomonlama rivojlantirish davlatimizning ustuvor vazifalaridan biri xisoblanadi. Buning yorqin misoli tariqasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvar kuni qabul qilingan PQ-4125-son qarorini keltirishimiz mumkin.
Respublikamizda sud-ekspertizasining bugungi kundagi isloh etish bosqichida uning rivojlanishi va takomillashtrilishining muhim sharti bo‘lib bu sohada sog‘lom raqobat muxitini yaratish xisoblanadi. Sud ekspertizalar asosan Davlat sud ekspertiza muassasalari tomonidan o‘tkazilishi sharoitida bunday muxitni yaratilishi muammoli xisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasiga asosan sud eksperti sifatida davlat sud eksperti, boshqa tashkilot xodimi yoki jismoniy shaxs jalb etilishi mumkinligi belgilangan. Biroq, boshqa tashkilot xodimi va jismoniy shaxslarning asosiy faoliyati sud ekspertizalarini o‘tkazish bilan bog‘liq emas ular asosan kompleks, komissiyaviy ekspertizalarni, shuningdek Davlat sud ekspertiza muasasalarida o‘tkazilishi nazarda tutilmagan sud ekspertizalarini o‘tkazilishiga jalb etiladi. Bunday xolat, Davlat sud ekspertiza muassasalari tomonidan o‘tkaziladigan ekspertizalar yuklamasini kamaytirishga va raqobat muxitini yaratishga imkon bermaydi. Shu sababli, ushbu masalani xal etishning yo‘llaridan biri bo‘lib sud-ekspertizalarni o‘tkazishga ixtisoslashgan nodavlat sud–ekspertiza tashkilotlar faoliyatini tashkil etish xisoblanadi.
Bugungi kunda aksariyat xorijiy davlatlarda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va yurish borosida ko‘p yillik samarali tajriba mavjud. Jumladan, Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi va bir qator boshqa davlatlarda ushbu tashkilotlar faoliyatini yuritish borasida katta tajriba orttirilgan. Kelinglar ushbu faoliyat xolatini, bugungi kunda nodavlat sud-ekspertiza institutu keng tarqalgan va taraqqiy topgan Rossiya Federatsiyasi tajribasi misolida ko‘rib chiqamiz. Rossiya Federatsiyasida nodavlat sud-ekspertizasi o‘tgan asrning 90-yillar boshlarida tashkil topgan va bugungi kungacha rivojlanish borasida katta yo‘lini bosib o‘tgan. Xozirga kelib nodavlat sud ekspertlarining soni davlat sud eksperlariga nisbatan 10 barobar ko‘pligini ta’kishlash mumkin. Shuningdek, oxirgi yillardagi sud va tergov amaliyotiga ko‘ra nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida katta xajmdagi sud ekspertizalar o‘tkazilishi kuzatilmoqda.
Mavjud tajribaga ko‘ra nodavlat sud ekspertiza tashkilotlarini tashkil etish va faoliyat yuritishining afzallik taraflari quyidagilardan iborat.
Birinchidan, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining huquqni muxofaza qiluvchi organlar yoki davlat organlaridan mustaqilligi. Bugungi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan Davlat sud ekspertiza muasasalari tashkiliy jixatdar biron bir organganga buysunida. Albatta, bunday xolatda ekspertiza muassasa ushbu organ manfaatlari yo‘lida harakat qilishi mumkinligini to‘liq inkor qilib bo‘lmaydi va natijada ekspertiza muassasasiga bo‘lgan ishonchning yo‘qolishiga olib keladi. Nodavlat-sud ekspertiza tashkilotlarda bunday ishonchsizlikdan xoli bo‘lsada, moliyaviy jixatdan mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rilishi talab etiladi.
Ikkinchidan, Davlat sud ekspertiza muasasalari bilan birgalikda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan faoliyat yurilishi jinoiy, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy protsess ishtirokchilarining tengligini ta’minlashga imkon yaratadi. Sud ekspertizasini o‘tkazish borasidagi bunday tenglik, avvalam bor protsess ishtirokchilariga ekspertiza o‘tkazish uchun muayyan muassasini taklif qilish imkoniyatini yaratadi. Bundan tashqari, o‘tkazilgan birlamchi ekspertiza xulosasidan norozi bo‘lgan xolatda alternativ tariqasida nodavlat sud-eksperlik tashkilotiga tayinlashni talab qilish yoki bevosita murojaat qilish huquqi paydo bo‘ladi. Baxsli vaziyatlarda sudlar tomonidan ularni qiziqtirayotgan masala yuzasidan xar xil ekspertiza tashkilotlari tomonidan o‘tkazilgan bir nechta ekspertiza xulosalarini olish imkoniyati vujudga keladi.
Uchinchidan, davlat sud ekspertiza muasasalarida asosan ko‘p talab etiladigan ekspertiza turlari o‘tkazilishi tashkil etilgan bo‘lsada, nodavlat sud ekspertiza tashkilotlari tomonidan noyob va kam xollarda tayinlanadigan ekspertizalarni o‘tkazish imkoniyati mavjudligi. Bugungi kunda Davlat sud ekspertiza muassalarida bir qator ekspertizalar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilmagan. Ushbu ekspertizalar qatorida dendrologik, landshaf dizayni, elektrotexnikaviy, geodezik va boshqa bir qator turlarni keltirish mumkin. Buning asosiy sababi bo‘lib ushbu ekspertizalarni muntazam ravishda o‘tkazishiga talab mavjud emasligidir. Shuning uchun Davlat sud ekspertiza muassasasida bunday mutaxassislikka ega bo‘lgan xodimlarni doimiy ravishda ishga jalb qilish maqsadga muvofiq emas.Nodavlat ekspertiza tashkilotlari esa bunday mutaxassislarni shtatiga kiritmagan xolda ular bilan bir martalik shartnoma asosida ishni tashkil qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
To‘rtinchidan, sud va tergov amaliyotini taxlili shuni ko‘rsatmoqdagi ko‘p xollarda Davlat sud ekspertiza muassalari tomonidan o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan sud ekspertizalari nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga tayinlanmoqda. Buning asosiy sababi bo‘lib Davlat sud ekspertiza muassasalarida ekspert shtat birliklarining yetarli darajada tashkil etish imkoniyatlari cheklanganligi hisoblanadi. Shuning uchun, ex’tiyoji katta bo‘lgan sud-qurilish, sud-avtotexnika, sud-tovarshunoslik kabi ekspertiza turlari bo‘yicha sud ekspertizalarni o‘tkazilishi nodavlat sud ekspertiza tashkilotlariga yuklanadi. Chunki, nodavlat sud ekspertiza tashkilotlari vaziyatdan kelib chiqqan xolda qisqa fursatda shtatlarini kengaytirish imkoniyatiga ega. Bundan, tashqari nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan ularning ekspertlik yuklamasi katta bo‘lmaganligi bois sud ekspertizalarini qisqa muddatda amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Beshinchidan, ekspertlik faoliyatining ko‘p yillik tajribasiga binoan, ayrim xollarda, ayniqsa murakkab vaziyatlarda, sudyalar, tergovchilar va ayrim vaziyatlarda protsess ishtirokchilari tomonidan sud ekspertizasi o‘tkazilishini muayyan nodavlat sud ekspertizasi tashkilotiga topshirish istagi bildiriladi. Bunga mazkur nodavlat ekspertiza tashkilotida aloxida bilim sohasidagi malakali mutaxassis faoliyat ko‘rsatayotganligi yoki zamonaviy asbob-uskunalar mavjudligi asosiy sabab bo‘ladi.
Oltinchidan, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari ekspertlarining malakaviy tayyorgarlik darajasi xar xil bo‘lishiga qaramay, ularning aksariyatida yuqori malakali ekspertlar faoliyat ko‘rsatishadi. Ular sud-ekspertizalarni o‘tkazish uchun guvohnomalarga yoki oliy sud-eksperlik ma’lumotiga ega bo‘lgan shaxslardir. Ularnig shtatidagi ekspertlar jamoasi uncha katta bo‘lmasada, ularning xar birida sud ekspertlar kartotekasi mavjud bo‘lib, murakkab ekspertlik masalalarni yechishda kartotadgi ekspertlarni taklif etish imkoniyati mavud. Shunda taklif etilishi mumkin bo‘lgan ekspertlarning maxsus bilimlari doirasi Davlat sud ekspertiza muassasalari ekspertlarnikiga nisbat ancha keng bo‘lib, ular turli ekspertizalrni o‘tkazish imkoniyatiga ega, jumladan keng uchraydigan va noyob ekspertizalarni.
Yettinchidan, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan nafaqat sud ekspertizalari, balki yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari asosida turli tadqiqotlar o‘tkazilishi mumkin. Shuningdek, fuqarolarga ekspertiza sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan turli msallr bo‘yicha tushuntirishlar va maslaxatlar berish imkoniyati ham mavjud.
Sakkizinchidan, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari ekspertlarining malakaviy layoqati darajasi bo‘yicha ortiqcha shubha paydo bo‘lmasligi uchun, ularning malakasi o‘rnatilgan tartibda extiyoriy ravishda beriladigan layoqat sertifikati bilan tasdiqlanadi. Bundan tashqari, sud-ekspertlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun mazkur tashkilotlar sud ekspertiza sohasidagi xalqaro sifat standartlarga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tkazilishi lozimligi belgilangan. Sud ekspertizalarni xalqaro miqyosda tan olinishini ta’minlash uchun esa GOST 529602008 «Akkreditatsiya sudebno-ekspertnыx laboratoriy. Rukovodstvo po primeneniyu «GOST R ISO/MEK 17025» asosida akkreditatsiyadan o‘tishi belgilangan. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazishi sud ekspertlik faoliyatining sifati hamda ichki va xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini ko‘tarish, shuningdek ilmiy-texnik vositalar va usullardan foydalanish samaradorlini oshirishga qaratilgan. Shuningdek, nodavlat sud ekspertlari o‘zining kasbiy layoqatligini oliy ma’lumotga egaligini, ixtisosligini, muayyan ekspertlik mutaxassisligi bo‘yicha tayyorgarlik o‘tganligini, malaka oshirganligi va yuqorida aytilganidek, sud eksperlik mutaxassisligi bo‘yicha ixtiyoriy sertifikatsiyadan o‘tganligi haqidagi hujjatlar bilan tasdiqlashi lozim.
Shu sababli, yukoridagi masalar yechimini ta’minlash maqsadida respublikamizda Davlat sud ekspertiza muassasalari bilan bir qatorda nodavlat sud ekspertiza tashkilotlarining faoliyat yuritilishiga ruxsat berish qaroriga kelingan edi va bu xolat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ- 4125 qororida o‘z ifodasini topdi.
Prezident qarori bilan nodavlat sud ekspertiza tashkilotlariga 44-ta ekspertiza turlari bo‘yicha faoliyat olib borilishiga ruxsat berildi. Aynun ushbu turdagi ekspertizalarni o‘tkazishga ruxsat berilishi avvalam bor xuquqni muxofaza qiluvchi organlar va sudlar, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bunday turdagi ekspertiza tadqiqotlariga bo‘lgan katta extiyoji sabab bo‘ldi. Bugungi kunda katta extiyoj sezilayotgan ekspertiza turlari qatorida sud-qurilish texnik va yer ekspertizasini, sud-transport baxolash ekspertizasini, tovarshunoslik va odam DNKsi sud-biologik ekspertizasini misol tariqasida keltirish mumkin. Shuningdek, yetarlicha extiyoj xatshunoslik va xujjatlarni texnik ekspertilari, iqtisodiy ekspertizalar bo‘yicha ham mavjud. Shu bilan birgalikda, ayrim mavjud ekspertiza turlari bo‘yicha katta extiyoj bo‘lishiga qaramasdan nodavlat ekspertiza muassasalariga tadqiqotlar o‘tkazilishiga ruxsat berilmadi. Jumladan, sud-tibbiy, sud yong‘in-texnikaviy, sud-avtotexnika, sud-psixologik ekspertizalar bo‘yicha. Ushbu xolat mazkur ekspertizalar o‘tkazish orqali asosan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish jarayonida tayinlanishi bilan izohlanadi. Aksariyat xollarda ularning o‘tkazilishi odamlarning xayoti va sog‘lig‘iga ziyon yetkazilishi xolatlari bilan bog‘liqdir. Shu sababli, mazkur ekspertiza turlarining o‘tkazilishi faqat Davlat sud ekspertiza muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Yuqoridagilarga ko‘ra, bugungi kunda respublikamizda nodavlat sud ekspertizasi institutini tashkil etish bo‘yicha barcha shart-sharoitlar yaratilgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ushbu institutni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash natijasida, huquqni muxofaza qiluvchi organlar va sudlarning malakali sud ekspertiza xulosalariga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishiga, ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish muddatlarini qisqartirilishiga, hamda ekspertiza sohasida sog‘lom raqobatni shakllantirilishga imkon yaratiladi.