Shisha va undan tayyorlangan buyumlar ekspertizasi

Shisha bo‘yicha kriminalistik ekspertiza izshunoslik va fizik-kimyo tekshirish usullarini o‘z ichiga oladi va kompleks ekspertiza hisoblanadi. Bu kabi ekspertizani o‘tkazish ikkita mutaxassis: izshunos-ekspert va fiz-kimyoviy tadqiqot usullarini olib boradiga ekspertga topshirilishi lozim.

Ushbu ekspertiza ob’ektlari bo‘lib shisha buyumlar, ularning siniqlari va mayda (kichik) zarralari hisoblanadi. Ekspertizalarni o‘tkazish amaliyoti shisha buyumlar, ularning siniqlari va mayda zarralari tadqiq etishga ko‘pincha yo‘l-transport hodisalarini tekshirish bilan bog‘liq bo‘lgan ob’ektlar sifatida yuborilishidan dalolat beradi. Ularni statistik tahlili natijalariga binoan ekspertizaga kelayotgan ob’ektlarning taqsimlanishi quyidagichadir: uzoqni va yaqinni ko‘rsatuvchi va yoritish chiroqlari – 30 foiz, avtomobil himoya oynasi (toblangan va tripleks) – 33 foizni tashkil qiladi.

Shuningdek,  har xil shisha idishlar, qurilish deraza oynalari va boshqa oyna turlari (ko‘zoynak, toshoyna va boshqalar) va mayda oyna zarralari ham bu ekspertiza turining ob’ektlari bo‘lib hisoblanadi.

Матнда хато топсангиз, уни белгилаб Ctrl+Enter тугмаларини биргаликда босинг .