
Kurbonov Iqboljon Toxirjonovich
Namangan viloyat bo‘lim mudiri
Tarixi: Markazning Namangan viloyat bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 13 apreldagi №206-sonli “O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertlarining malakasini oshirish tizimini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, bo’lim sifatida faoliyat ko‘rsata boshlagan.
Hozirgi kunda bo‘limda turli kasb egalari: avtotexnik, quruvchi, xatshunos, izshunos, tovarshunos, iqtisodchi mutaxassislar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ulardan bo‘lim mudiri va to’rt nafar ekspert va bir nafar ish yurituvchi xodimlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Faoliyati: Bo‘limda avtotexnik, sud qurilish-texnik va yershunoslik, xatshunoslik, izshunoslik ekspertizalarning quyidagi turlari:
1.Sud avtotexnika ekspertizaning quyidagi turlari:
- matematik hisoblar bilan bajariladigan hisob-kitoblar tadqiqoti,
- transport vositalariga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini va bozor bahosini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar,
- Transport vositalarining texnik holati tadqiqotlari
2.Sud transport trassologiya ekspertizasining quyidagi turi:
- ikki transport vositasining to‘qnashuvidagi izlarining tadqiqotlari,
3.Sud qurilish-texnik ekspertizasining quyidagi tadqiqot turlari:
- qurilish ob’yektlarini tadqiqot qilish,
4.Sud yer ekspertizasining quyidagi tadqiqot turi:
- yer maydonlariga bo‘lgan foydalanish huquqini tadqiqot qilish;
- yer ob’yektlarini tadqiqot qilish ekspertizasi,
- Hujjatlar kriminalistik ekspertizasining quyidagi tadqiqot turlari:
Hujjatlar rekvizitlarining tadqiqotlari
Sud-xatshunoslik tadqiqotlari
6.Sud-ballistika va trasologiya ekspertizasining quyidagi tadqiqot turlari:
Buzish qurollari, asbob-uskunalar, sovuq qurollar va ular izlarining tadqiqotlari (qismlarga koʻra butunni aniqlash)
Transport vositalari izlarining tadqiqotlari
Bo‘laklar bo‘yicha butunni topish
7.Sud-iqtisodiy ekspertizasining quyidagi tadqiqot turlari:
Sud-buxgalteriya tadqiqotlari
Sud-moliya kredit tadqiqotlari
Sud-mehnat iqtisodiy tadqiqotlari
Sud-rejali iqtisodiy tadqiqotlari
Sud-iqtisodiy statistika tadqiqotlari
Tashqi savdo faoliyatining sud-iqtisodiy tadqiqotlari
Sud-soliq tadqiqotlari (soliq tekshiruvlarini asosligini va soliqlar hisoblanishini tadqiq qilish)
8.Tovarshunoslik ekspertizasining quyidagi tadqiqot turlari:
Sanoat mahsulotlari boʻyicha tovarshunoslik tadqiqotlari
Oziq-ovqat mahsulotlari narxini aniqlash boʻyicha tovarshunoslik tadqiqotlari
Pullik ekspertiza narhi: O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024 yil 23-avgust kungi 277-um sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida o‘tkaziladigan tadqiqotlar uchun to‘lov miqdorlari belgilangan bo‘lib unga ko‘ra ekspertiza turlari bo‘yicha quyidagi narxlar belgilangan:
Tadqiqot namunalari jahonda mashhur bo‘lgan chet el firmalari (“ETARI” Rossiya davlatida ishlab chiqarilgan “Transport vositalarini qayta bo‘yoqlanganligini aniqlash qurilmasi va “BOSCH” Germaniyadan keltirilgan uzoqlikni o‘lchovchi lazer qurilmasi asbob-uskunalarda olib boriladi.
Manzil: Namangan shaxar, 3-kichik Noxiya, I.Karimov koʻchasi, 39-uy.
Aloqa ma’lumotlari: Pochta indeksi 160115,
Ish telefoni: (71) 209-01-96.
Elektron pochta manzil: namangan@sudexmail.uz.