Joriy yilning 8 fevral kuni X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi

Tanqidiy ruhda o‘tgan ilmiy kengash yig‘ilishida 4 ta masala ko‘rib chiqildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021 yil 3 fevraldagi 45-um-son ”O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hay’atining 2021 yil 3 fevraldagi 1/21-son qarori ijrosini ta’minlash haqida ”gi buyrug‘i va vazirlik hay’atining 2021 yil 31 yanvardagi 1/21-son majlis bayoni muhokamasi to‘g‘risida,
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi tomonidan 2020 yil davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi tomonidan 2020 yilda pullik xizmatlar ko‘rsatilishi ahvoli yuzasidan tayyorlangan ma’lumotnoma to‘g‘risida, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining ekspert-malaka komissiyasi tomonidan beriladigan ekspert mutaxassisliklari yangi ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida,hamda
Markaz va uning bo‘limlari 2020 yilda kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash ahvoli tahlili bo‘yicha umumlashtirish natijalari to‘g‘risida.
Ilmiy kengashda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.