Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi

 

Toreniyazova Anarxan Qurbaniyazovna

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘lim mudirasi v.v.b

 

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi 1964 yilda tashkil qilingan.

Bo‘lim tashkil qilingan vaqtda uning tarkibi 1 xodimdan iborat bo‘lib, bo‘limda faqat sud-buxgalteriya ekspertizasi  o‘tkazilib turgan.

Bo‘limning birinchi mudiri Dolgix Aleksandr Nestorovich 1964 yildan, oldin Moliya vazirligi tizimida bulgan sud-buxgalteriya ekspertizasi bo‘limi tegishli xodimlari bilan Adliya vazirligi tizimiga o‘tkazilishi munosabati bilan, bo‘lim buxgalter-eksperti qilib tayinlangan va keyinchalik bo‘lim mudiri bo‘lib, 1976 yilda nafaqaga ketgangacha, bo‘limga rahbarlik qilgan.

Bo‘limda 1973 yildan sud-avtotexnika ekspertizasi o‘tkazilib boshlangan. Shu ekspertiza buyicha 1974 yildan ishlab boshlagan Vaxitov Xaris Xasanovich 1976 yildan 1999 yilda nafaqaga ketgangacha bo‘lim mudiri bulgan.

Keyinchalik bo‘limda sud qurilish-texnik ekspertizasi (2001 yildan) o‘tkazilib boshlangan.

Hozirgi kunda bo‘limda 1 bo‘lim mudiri,  1 katta ekspert,  1 ekspert  va  1 kotiba – ish yurituvchi (0,5 stavka) lavozimlarida jami 4 nafar xodimlar ishlamoqda.

Bo‘limda hozirgi kunda qo‘yidagi sud-ekspertizalari bajariladi:

– sud-avtotexnika ekspertizasining barcha turlari (bo‘lim mudiri A.A.Otegenov bajaradi, shuningdek transport-baholash ekspertizalarini bo‘lim eksperti D.U.Tajiev ham bajaradi)

– sud-iqtisodiy ekspertizasining barcha turlari (bo‘lim katta eksperti A.K.Toreniyazova bajaradi)

– sud qurilish-texnik ekspertizasi (bo‘lim eksperti D.U.Tajiev bajaradi)

Ekspertizalar qonunda belgilangan tartibda faqat sud-tergov idoralarining topshiriqlari asosida bajariladi.  Sud-tergov idoralaridan tashqari yuridik va jismoniy shaxslarning  murojaatlari bo‘yicha esa, bo‘lim mutaxassislari vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha, belgilangan tartibda, tadqiqotlar o‘tkazilib mutaxassis fikrlari beriladi.

Manzil: 230100, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shaxri Havo yuli MFY, Nogay ko‘chasi 1-uy.

Aloqa ma’lumoti: tel (55) 104-86-21;

Elektron manzil: qoraqalpoqiston@sudex.uz