Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi

 

 

Normatov Asilbek Ermuxammadovich

Laboratoriya mudiri

Tel: 71-209-11-55

Ichki tel: 290

Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi Markaz tarkibida 2000-yilda o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, Markaziy Osiyoda mazkur yo‘nalishdagi birinchi tashkil etilgan laboratoriya hisoblanadi. Xozirgi kunda laboratoriyada laboratoriya mudiri, ikki nafar bosh ekspertlar, bir nafar yetakchi ekspertlar, bir nafar katta ekspert, ikki nafar ekspertlar va laborant faoliyat ko‘rsatadi.

 Faoliyati: ushbu laboratoriyada o‘z tarkibida DNK molekulalarini saqlaydigan har qanday odam biologik materiallari, jumladan:

  • Voqea joyidagi qon izlari;
  • Qon va tana ajratmalarining qurib qolgan izlari;
  • Ashyoviy dalildagi biologik izlar (qon, so‘lak, ter-yog‘ izlari);
  • Qotillik qurollaridagi biologik izlar (qon, ter-yog‘ izlari);
  • Soch tolalari ildiz qismi bilan;
  • Tishlar;
  • Suyak fragmentlari;
  • Maniy xujayralari;
  • Ajratmalar;
  • Amniotik suyuqlik, abort qilingan material;
  • Xorion to‘qimasi va boshqa o‘zida DNK molekulalarini tutuvchi  biomateriallar bo‘yicha odam DNKsi sud-biologik tadqiqotlari o‘tkaziladi.

 Anonim tadqiqotlar:

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-martdagi 7-mh-son buyrug‘iga asosan tasdiqlangan “Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi bo‘yicha anonim murojaat qilgan shaxslarning shaxsiga doir maʼlumotlarni maxsus belgilar asosida qayd etish orqali tadqiqotlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi NIZOM” asosan laboratoriyada DNK taxlillari o‘tkazilmoqda.

Tadqiqot namunalari jahonda mashhur bo‘lgan chet el firmalari (ThermoFisherScientific, Eppendorf, Biobase, Meling, Metler Toledo va x.k.)dan keltirilgan o‘ta sezgir, zamonaviy asbob-uskunalar va moslamalarda olib boriladi.

Laboratoriya faoliyatida sud-tergov idora xodimlari uchun o‘tkaziladigan ilmiy-uslubiy ishlar muhim o‘rinni egallaydi. Ekspert amaliyoti va ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha 10 dan ortiq uslubiy tavsiyalar va qo‘llanmalar nashr etilgan.