Tarkibida spirti bo‘lgan suyuqliklar ekspertizasi

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan qo‘lbola spirtli ichimliklarni tayyorlash va ularni savdo tarmoqlarida sotish holatlari ko‘p kuzatilmoqda. Sifatsiz spirtlardan tayyorlangan ichimliklar iste’mol qilinishi natijasida odamlarning salomatligiga zarar yetkazish, xatto o‘lim holatlari ham amaliyotda uchramoqda. Shu va shunga o‘xshash holatlarni oldini olish, bunday hodisa sodir bo‘lganda uning tafsilotlarini aniqlash maqsadida sud-tergov idoralari maxsus bilimlardan samarali foydalanishi alohida o‘rin egallaydi.
Tarkibida spirti bo‘lgan suyuqliklar ekspertizasi hozirgi kunda  eng dolzarb muaommolarni hal etadigan ekspertiza turlaridan biridir. Ushbu ekspertiza tarkibida spirti bor deb taxmin qilingan suyuqliklarni tekshirish,  spirt bor-yo‘qligini, uning miqdorini, quvvatini va qo‘shimcha moddalarning mavjud yoki mavjud emasligini, ularning miqdoriy tarkibini, davlat standarti talablariga javob berish yoki bermasligini, spirtli ichimliklarni inson iste’mol qilganda zaharlanish yoki noxush  oqibatlarga olib kelish holatlarida diagnostik, klassifikatsion va identifikatsion vazifalarni hal etish maqsadida tayinlanadi. Ushbu vazifalarni hal etish uchun ekspertiza tadqiqotlari o‘ta sezgir kapillyar kolonkali gaz-xromatograf va xromato-mass-spektrometr moslamalarida olib boriladi.
Aroq, spirt, vino, konyak, pivo, samogon, idishlar yuqida qolgan noma’lum suyuqliklar va h.k. ushbu ekspertiza ob’ektlaridir.

Матнда хато топсангиз, уни белгилаб Ctrl+Enter тугмаларини биргаликда босинг .