Metallar, qotishmalar va ulardan tayyorlanadigan buyumlar ekspertizasi

Jinoiy ish tafsilotlarini ekspertlarning fizika, metallshunoslik, kriminalistika sohasidagi maxsus bilimlari asosida aniqlash va bunda olinadigan ma’lumotlar metallar, qotishmalar va ulardan tayyorlangan buyumlar ekspertizasining predmetini tashkil etadi.

Ushbu ekspertiza quyidagi masalalarni hal qilishga qaratilgan:

  1. Diagnostik – buyumlarda metallarni topish va turlarini hamda ularning qanday maqsadlarga mo‘ljallanganligini aniqlash, metalldan yasalgan ob’ektning sifat va miqdoriy belgilarini, kimyoviy tarkibini aniqlash;
  2. Klassifikatsion – metallar va ulardan tayyorlangan buyumlarning turkumiy (guruhiy) taalluqliligini aniqlash;
  3. Identifikatsion – metallardan tayyorlangan muayyan buyumlarni taqqoslash va ularning ishlab chiqarish manbaini aniqlash, alohida qismlarni bir butunga taalluqligini topish, metall buyumlar o‘zaro aloqada (kontaktda) bo‘lganligini aniqlash.

 

Матнда хато топсангиз, уни белгилаб Ctrl+Enter тугмаларини биргаликда босинг .