Surxondaryo viloyat bo‘limi

 

 

 

Kungratov Mirsoxib Sharapullayevich

Surxondaryo viloyat bo‘lim mudiri v.v.b

 

 

Markazning Surxondaryo viloyat bo‘limi 1990 yil iyul oyida RSEMning Surxondaryo viloyati bo‘yicha ekspertlar guruxi sifatida, Surxondaryo viloyati Termiz shahrida tashkil qilingan. Bo‘linma Surxondaryo viloyati huquq-tartibod organlariga sud ekspertizasi sohasida xizmat ko‘rsatib kelgan. Dastlab bo‘limda “Yo‘l transport hodisalari jarayonini matematik uslublar bilan tadqiqot qilish” ekspertizasi yo‘lga qo‘yilgan. So‘ngra, qisqa vaqt ichida “Transport vositalari, ularning ayrim qismlarining texnik holatini tadqiqot qilish” va “Transport-izshunoslik” ekspertizalarini bajarish tashkil qilingan. 2003-yildan boshlab “Sud transportni baholash” va 2014-yildan boshlab “Sud qurilish-texnik” va “Sudga oid yer” ekspertizalarini bajarish yo‘lga qo‘yilgan.

RSEMning Surxondaryo viloyati bo‘yicha ekspertlar guruxi 2013-yilda bo‘linma shakliga, 2015 yildan esa RSEM Surxondaryo viloyat bo‘limiga aylantirilgan. Xozirgi kunda bo‘limda turli kasb egalari: 2 nafar muhandis va quruvchi faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Ulardan bo‘lim mudiri, bir nafar katt ekspert, bir nafar ekspert hamda bir nafar ish yurituvchi faoliyat ko‘rsatadi.

 Manzil: 190100, Surxondaryo viloyat Termiz shahri, I.Karimov ko‘chasi  40-uy

Aloqa ma’lumoti: tel: (94) 460 90 09.

Elektron manzil: surxondaryo@sudex.uz