Buxoro viloyat bo‘limi

 

 

Buxoro viloyat bo‘lim mudiri

 

 

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 apreldagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek davlat sud ekspertlarining  malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tizimini tashkil qilish to‘g‘risidagi 206-sonli qaroriga binoan Adliya Vazirligi xuzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika Sud ekspertizasi markazining Buxoro viloyat bo‘limi 2017 yildan ish boshlagan, xozirgi kunda bo‘limda turli kasb egalari: muhandis, iqtisodchi, quruvchi faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Ulardan bo‘lim mudiri, ikki nafar ekspert va ish yurituvchi faoliyat ko‘rsatadi.

Faoliyati: ushbu bo‘limda

Sud avtotexnika ekspertizaning quyidagi turlari:

  • Matematik hisoblar bilan bajariladigan hisob-kitoblar tadqiqoti,
  • Transport vositalarini texnik holatini aniqlash bo‘yicha bajariladigan tadqiqotlar,
  • Transport vositalariga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini va bozor bahosini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar,
  • Sud transport trassologiya ekspertizasining quyidagi turi:
  • Ikki transport vositasining to‘qnashuvidagi izlarining tadqiqotlari,

Sud izshunoslik ekspertizasi:

  • Vosita, asbob, sovuq qurol va ular qoldirgan izlarni tekshirish, qulflarning trasologik ekspertizasi, buzish qurollari izlarining trasologik ekspertizasi, plombalar va berkituvchi plombalovchi moslamalarning trasologik ekspertizasi, tugun va sirtmoqlarning trasologik ekspertizasi;
  • Bo‘laklar bo‘yicha butunni topish;
  • Transport vositalari va ular izlarining trasologik tadqiqotlar o‘tkaziladi.

Sud qurilish-texnik ekspertizasi:

  • Qurilish ob’ektlarini tadqiqot qilish,
  • Yer maydonlariga bo‘lgan foydalanish huquqini tadqiqot qilish;

Sud yer ekspertizasi:

  • Yer ob’ektlarini tadqiqot qilish ekspertizasi,

Sud buxgalteriya ekspertizasi:

  • Sud-buxgalteriya ekspertizasi,
  • Sud-moliya-kredit ekspertizasi,
  • Sud-mehnat-iqtisodiy ekspertizasi,
  • Sud rejali iqtisodiy ekspertizasi,
  • Sud-iqtisodiy-statistika ekspertizasi,
  • Tashqi savdo faoliyatining sud iqtisodiy ekspertizasi;

Sud tovarshunoslik ekspertizasi:

  • Sanoat mahsulotlarini narhini tadqiq qilish;

Manzil: Buxoro shahar Ibn Sino ko‘chasi 2-uy.

Aloqa ma’lumoti: tel (0365) 224-01-10.

Elektron manzil: buxoro@sudex.uz