Namangan viloyat bo‘limi

 

 

Djalilov Akbarjon Abduxoliqovich

Namangan viloyat bo‘lim mudiri

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 apreldagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek davlat sud ekspertlarining  malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tizimini tashkil qilish to‘g‘risidagi 206-sonli qaroriga binoan Adliya Vazirligi xuzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika Sud ekspertizasi Markazning Namangan viloyat bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 13 apreldagi № 206-sonli “O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi huzuridagi
X. Sulaymonova nomidagi respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertlarining malakasini oshirish tizimini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, bulim sifatida faoliyat ko‘rsata boshlagan.

Hozirgi kunda bo‘limda turli kasb egalari: quruvchi, avtotexnik va xatshunos mutaxassislar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ulardan bo‘lim mudiri va ikki nafar ekspertlar va bir nafar ish yurituvchi xodimlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Faoliyati: Bo‘limda sud qurilish-texnik va yershunoslik, avtotexnik va xatshunoslik ekspertizalari, hujjatlarning kriminaslistik ekspertizasiningquyidagi turlari:

  • sud-xatshunoslik ekspertizasi,
  • hujjatlarning rekvizitlarini tadqiqot qilish ekspertizasi;

Sud avtotexnika ekspertizaning quyidagi turlari:

  • matematik hisoblar bilan bajariladigan hisob-kitoblar tadqiqoti,
  • transport vositalariga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini va bozor bahosini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar,

sud transport trassologiya ekspertizasining quyidagi turi:

  • ikki transport vositasining to‘qnashuvidagi izlarining tadqiqotlari,

Sud qurilish-texnik ekspertizasining quyidagi tadqiqot turlari:

  • qurilish ob’ektlarini tadqiqot qilish,

Sud yer ekspertizasining quyidagi tadqiqot turi:

  • yer maydonlariga bo‘lgan foydalanish huquqini tadqiqot qilish;
  • yer ob’ektlarini tadqiqot qilish ekspertizasi,

Manzil: Namangan shahar, Ibrat ko‘chasi 6-uy.

Aloqa ma’lumotlari: 160136, ish telefoni +99869 227 07 55, faks: +99869 227 07 55,

Elektron manzil: namangan@sudex.uz.