Farg‘ona viloyat bo‘limi

 

 

 

Farg‘ona viloyat bo‘lim boshlig‘i

 

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Farg‘ona viloyat bo‘limi 1964 yilda tashkil qilingan. Bo‘lim tashkil qilinganida uning tarkibi 1 nafar xodimdan iborat bo‘lib, bo‘limda faqat sud buxgalteriya ekspertizasi o‘tkazilgan bo‘lib, birinchi buxgalter etib, A.Safarov tayinlangan. 1968 yildan esa bu lavozimga Yermalay Ivanovich Don  tayinlangan.

Keyinchalik bo‘limning faoliyatini kengaytirish maqsadida 1973 yildan boshlab sudga oid avtotexnika ekspertizasi o‘tkazishga yo‘lga qo‘yilgan. Ekspert avtotexnik etib, Yakovlev Vladlen Nikolaevich tayinlangan va u 1978 yildan boshlab, bo‘limning mudiri etib tayinlangan. Yakovlev Vladlen Nikolaevich 1978 yildan boshlab 2000 yilgacha bo‘limga bevosita rahbarlik qilgan. Keyinchalik bo‘limda sud qurilish-texnik va yer ekspertizalari o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.

Hozirgi kunda bo‘limda 1bo‘lim mudiri, 1etakchi ekspert, 1katta ekspert, 1 ekspert va 1 katta laborant jami 5 nafar xodimlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Hozirga kunda bo‘limda quyidagi ekspertiza turlari bajarilmoqda:

sudga oid avtotexnika ekspertizasining barcha turlari bo‘lim mudiri M.M.Maqsudov tomonidan, hamda bo‘lim katta eksperti L.O.Yuldashev tomonidan sudga oid transport-izshunoslik va transport baholash ekspertizalari o‘tkazilmoqda;

– sudga oid qurilish-texnik va yer ekspertizalari yetakchi ekspert X.O.Madraximov  tomonidan o‘tkazilmoqda;

– sudga oid iqtisodiy ekspertizasining barcha turlari ekspert A.A.Axmedov tomonidan o‘tkazilmoqda.

Ekspertizalar O‘zbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini o‘tkazish tartib to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma talablariga rioya qilingan holda sud-tergov idoralarining topshiriqlari asosida o‘tkazilmoqda.

Manzili:  150103. Farg‘ona shahar. B. Marg‘iloniy ko‘chasi, 121 “a”- uy.

Aloqa ma’lumotlari: 73-244-80-74 faks (73-244-80-74)

Elektron manzil: farg’ona@sudex.uz