Andijon viloyat bo‘limi

Parpiev Abdumutalib Maksudovich

Andijon viloyat bo‘lim mudiri

 

 

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazini Andijon viloyati bo‘limi, 1990 yildan boshlab Tashkent sud ekspertiza ilmiy-tadqiqot institutini Farg‘ona viloyatlararo bo‘limini Andijon filiali sifatida o‘z ish faoliyati olib borgan bo‘lib, shu yili Andijon bo‘linmasiga aylantirilgan. 1980 yildan 1982 yilga qadar Andijon bo‘limida faqatgina bo‘lim mudiri T.T.Ataboev tomonidan sud oid avtotexnik ekspertizasi o‘tkazilgan bo‘lsa, 1982 yildan boshlab, sud buxgalteriya ekspertizalari ham o‘tkazila boshlagan. 2000 yilda Andijon bo‘linmasini xodimlari shtati o‘zgarishi munosabati bilan, ular tomonidan bajarilayotgan ekspertiza turlari ko‘paydi.

2009 yilda Andijon bo‘linmasi mudiri T.T.Ataboevni ko‘p yillik xizmatlari Markaz tomonidan munosib taqdirlandi va fahriylar qatoriga qo‘shildi. Shu yildan hozirgi kunga qadar Andijon viloyati bo‘limi mudiri lavozimida A.Parpiev ishlab kelmoqda.

Keyinchalik bo‘limda sud qurilish-texnik ekspertizasi (2001 yildan) o‘tkazilib boshlangan.

Hozirgi kunda bo‘limda 1 bo‘lim mudiri,  1 yetakchi ekspert, 1 katta ekspert, 1 davlat sud eksperti, 1 Markazda ish o‘rganayotgan ekspert va 1 kotiba – ish yurituvchi lavozimlarida jami 6 nafar xodimlar ishlamoqda.

Bo‘limda hozirgi kunda qo‘yidagi sud-ekspertizalari bajariladi:

t/r Xodimlar xizmat lavozimi Ekspertlik mutaxassisligi xodimlar soni
1 Bo‘linma mudiri Sud avtotexnik, texnik xolat ekspertizasi 1
2 Yetakchi ekspert Sud transport-izshunoslik 1
3 Katta ekspert Sud tovarshunoslik, sud buxgalteriya ekspertizalari 1
4 Davlat sud eksperti Sud transport-baholash ekspertizasi 1

Ekspertizalar qonunda belgilangan tartibda faqat sud-tergov idoralarining topshiriqlari asosida bajariladi. Sud-tergov idoralaridan tashqari yuridik va jismoniy shaxslarning  murojaatlari bo‘yicha esa, bo‘lim mutaxassislari vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha, belgilangan tartibda, tadqiqotlar o‘tkazilib mutaxassis fikrlari beriladi.

Hozirgi kunda bo‘lim o‘zining alohida binosiga ega emas. Andijon viloyati bo‘limi Andijon viloyat Adliya boshqarmasi binosining 1 qavatidagi 4 (30-33sonli) xona  ajratib berilgan. Ajratib berilgan xizmat xonalarning umumiy foydalanish maydoni 49,0kv.m. Bo‘limda ekspertizalarning sifatli bajarilishini ta’minlash uchun yetarli shart-sharoitlar mavjud.

Bo‘lim manzili: 710012, Andijon shahar, Sh.Rashidov ko‘chasi 60 uy (Andijon viloyat Adliya boshqarmasini 1-chi qavati).

Tel.(faks): (0-374) 223-49-92, 223-50-24.

Elektron manzil: andijon.sudex@umail.uz  exat : andijon.sudex@exat.uz

Матнда хато топсангиз, уни белгилаб Ctrl+Enter тугмаларини биргаликда босинг .