Ishlar boshqarmasi

 

 

Bo‘lim boshlig‘i

Tel: 71-209-11-55

Ichki tel: 150

 

 

Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi Ishlar boshqarmasi Respublika sud ekspertizasi markazi markaziy apparatining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Markazning xoʻjalik faoliyatini yuritish;

Markazning viloyat boʻlimlari, (bundan buyon matnda viloyat boʻlimlari deb yuritiladi) moddiy-texnik taʻminlashni tashkil etish, ularning xoʻjalik faoliyati yuzasidan nazoratni amalga oshirish.

Boshqarma oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

boʻlimlarning moddiy-texnik baʼzasini tashkil etadi, boʻlimlarning binolarini yangida qurish, kapital taʻmirlash choralarini koʻradi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritish uchun tegishli takliflar tayyorlaydi;

boʻlimlarning xoʻjalik faoliyati yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

boʻlimlarning xoʻjalik faoliyati yuzasidan hisobotlarni qabul qiladi;

Markazning xoʻjalik faoliyatini tashkillashtirish va yuritish ishlarini amalga oshiradi;

Markazga tegishli bino va inshootlar, ularga tegishli hududlarni toza va ozoda saqlash, obodonlashtirish ishlarini olib boradi, shuningdek, taʻmirlash, kapital qurilish, kommunal xizmat koʻrsatish ishlarini tashkillashtiradi, Markaz mol-mulkining ishlatilishi, saqlanishi va hisobdan chiqarilishining qonuniyligini taʻminlaydi va boshqa xoʻjalik ishlari bilan shugʻullanadi;

Markaz binosining aloqa, elektr energiya, gaz, issiq va sovuq suv tarmoqlarini doimiy va sifatli, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda ishlab turishini taʻminlaydi hamda boshqa xoʻjalik-maishiy xizmatlarni bajaradi;

Markaz xodimlarining kanselyariya mollariga boʻlgan ehtiyojini oʻrganadi va natijasiga koʻra oʻz vaqtida ajratilishini taʻminlaydi;

Markaz balansida mavjud boʻlgan xizmat avtomashinalarining texnik ahvolini oʻrganadi, avtotransport vositalarini taʻmirlash ishlarini tashkil etadi va ularning tayyorligini taʻminlaydi, avtotransport vositalarini belgilangan miqdorda yonilgʻi bilan taʻminlash choralarini koʻradi, yoʻl koʻrsatgichlari tamgʻasi sozligini hamda yonilgʻi sarflanishini nazorat qiladi, avtotransport vositalarini tegishli xodimlarga biriktirish boʻyicha dalolatnomalarni, yoʻl varaqalarini va boshqa hujjatlarni rasmiylashtiradi, imkoniyatdan kelib chiqib, avtomashinalarning avtoturargohda saqlanishini taʻminlaydi.