Sud ekspertlari malakasini oshirish o‘quv markazi

 

 

 

VAKANT

Sud ekspertlari malakasini oshirish o‘quv markazi boshlig‘i

Tel: 71-209-11-55

Ichki: 190

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining  Sud ekspertlari malakasini oshirish o‘quv markazi (keyingi o‘rinlarda O‘quv markazi deb yuritiladi) Markazning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

O‘quv markazi Markazning sud-ekspertlarini malakasi va huquqiy bilimlarini oshirish, shuningdek boshqa sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil qilish faoliyatiga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi.

O‘quv markazi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Adliya vazirligi hay’atining qarorlari, Adliya vazirining buyruqlari, farmoyishlari, Markaz to‘g‘risidagi nizom, Markaz direktorining buyruqlari, farmoyishlari, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.

Vazifalari :

Quyidagilar o‘quv markazining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari hisoblanadi:

sud ekspertizasi sohasiga oid maxsus va huquqiy fanlar, ekspertlik amaliyoti, mehnat va boshqaruvni ilmiy tashkil etishning eng yangi yutuqlarini o‘rgatish maqsadida Adliya vazirligi tizimidagi sud ekspertlarini malakasi
va huquqiy bilimlarini oshirish, shuningdek boshqa sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha o‘quv jarayoninini tashkil qilish;

o‘quv jarayoni bo‘yicha ish yuritishni tashkil etish, nazorat qilish, ularning bu boradagi faoliyatiga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish, ijro intizomi talablariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash, bu yo‘nalishdagi faoliyatni tartibga solishga qaratilgan boshqaruv hujjatlarini tayyorlash;

Markazning laboratoriyalari va bo‘limlari tomonidan sud-ekspertizalari mutaxassisliklari bo‘yicha hamda boshqa sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha ta’lim dasturlari, fanlar bo‘yicha tegishli o‘quv-metodik materiallar tayyorlanishini tashkil qilish, muddati va sifatini nazorat qilish;

Markazda amalga oshiriladigan o‘quv jarayoni yuzasidan hujjatlarning tayyorlanishini ta’minlash, bu boradagi ishlarni tahlil va nazorat qilishni amalga oshirish;

o‘quv jarayoni bo‘yicha statistik hisobotlarni yuritish, umumlashtirish
va tahliliy ma’lumotlar tayyorlash hamda Tashkiliy-nazorat va tahlil bo‘limiga taqdim qilish;

ekspert kadrlarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, ishchanlik va kasbiy fazilatlarini takomillashtirish.