Buxgalteriya hisobi va nazorat bo‘limi

 

 

Xursanov Faxriddin Safarbekovich

Buxgalteriya hisobi va nazorat bo‘limi boshlig‘i

Tel: 71-209-11-55

Ichki tel: 130

 

 

Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Buxgalteriya hisobi va nazorat bo‘limi (bundan buyon matnda Bo‘lim deb yuritiladi) Markazning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

 Bo‘lim Markazda buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etadi, shuningdek uning ijrosini nazorat qilish.

Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari hisoblanadi:

Moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish va umumlashtirish;

Markazda ajratilgan mablag‘larni ishlatilishi yuzasidan nazorat o‘rnatish va bu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Markaz rahbariyatiga tahliliy hisobotlar berib borish;

Markazning hisob raqamlariga tushumlarning hisobini yuritish, ularning belgilangan tartibda va maqsadli ishlatish.

Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

pul mablag‘larini, tovar-moddiy boyliklarni va asosiy vositalarni harakati bo‘yicha buxgalteriya hisobi va hisobotlarini belgilangan qoidalarga asosan qat’iy olib borilishini ta’minlaydi;

belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta xarajatlari ro‘yxatiga muvofiq adliya organlari va muassasalarini o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirilishini ta’minlaydi;

boshqarish ishlari samarasini oshirish maqsadida buxgalteriya hisob-kitoblarining ko‘rsatkichlarini umumlashtiradi va iqtisodiy tahlil qilib boradi;

ajratilgan mablag‘larni hamda moddiy-tovar boyliklarning maqsadli ishlatilishi nazorat qiladi, bu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Markaz rahbariyatiga hisobotlar berib boradi;

belgilangan ish haqi fondining limitlari miqdorida Markaz xodimlari va xizmatchilari sonining shtat ro‘yxatlarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlash uchun taqdim etadi, xodimlarning ish haqlarini o‘z vaqtida berilishini ta’minlaydi;

aktivlarning mavjud holati va harakati, mulkiy huquqlar hamda majburiyatlar, kreditorlik va debitorlik qarzdorlik holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni buxgalteriya hisobotlarida to‘liq va to‘g‘ri aks ettirilishini ta’minlaydi;

budjet va budjetdan tashqari hisob raqamlarga xo‘jalik faoliyatidan, pullik xizmatdan kelib tushayotgan to‘lovlarni to‘g‘ri hisoblanishini hamda o‘z vaqtida o‘tkazilishini tashkillashtiradi, hisobini yuritadi, umumlashtiradi va natijasi yuzasidan rahbariyatga axborot beradi;

Markazning Ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda moddiy-tovar boyliklarning, texnika, bino va inshootlarning, shuningdek, boshqa mol-mulklarning hisob-kitobini yuritadi, shu jumladan, ularni hisobdan chiqaradi, qayta baholash ishlarini amalga oshiradi, yetkazib berilgan mahsulotlarda kamomad, yaroqsizlik va sifatsizlik holatlari aniqlanganda, ular yuzasidan da’vo arizalarini tayyorlaydi;

Markazning pul mablag‘larini, moddiy-tovar boyliklarni va asosiy vositalarni harakati bo‘yicha hisobotlarning lozim darajada yuritilishini tashkillashtiradi;

Markazga ajratilgan ish haqi fondining to‘g‘ri ishlatilishini, shuningdek, ish haqidan budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlarni to‘g‘ri hisoblanishini hamda o‘z vaqtida o‘tkazilishini tahlil qiladi;

moddiy-tovar boyliklar, naqd pul mablag‘larini olib kelish, bajarilgan ishlar va xizmatlarni qabul qilish bo‘yicha ishonchnomalar beradi, ularni ro‘yxatga oladi va hisobini yuritadi;

Markaz tomonidan tuzilgan xo‘jalik shartnomalari ijrosini nazorat qiladi, to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlaydi, shartnomalar nusxasini saqlaydi.

Bo‘lim o‘z vakolatlari doirasida boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.