Samarqand viloyat bo‘limi

 

 

Djuraev Akbar Aslamovich

Samarqand viloyat bo‘lim mudiri

 

 

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Samarqand viloyat bo‘limi – Toshkent sud ekspertiza ilmiy tadqiqot instituti (Tosh.SEITI)ning 15-yanvar 1964-yildagi 9-sonli buyrug‘i asosida tashkil topgan bo‘lib, Samarqand viloyatida birinchi ekspert buxgalter sifatida Shibalov Vasiliy Petrovich ish faoliyatini boshlab keyinchalik bo‘lim mudiri lavozimida tayinlangan.

Bo‘limda 1972 yildan boshlab sudga oid avtotexnika ekspertizasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

1978 yilning yanvar oyidan boshlab, bo‘limda sud xatshunoslik ekspertizasini ishlab chiqarish yo‘lgan qo‘yilgan.

1980 yilning fevral oyidan boshlab sud ballistika va sud izshunoslik ekspertizalar turlarini ishlab chiqarishni yo‘lgan qo‘yilgan.

1988 yildan boshlab hujjatlarni texnik kriminalistik tadqiqot etish ekspertizasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilgan.

1990 yil may oyidan boshlab qurilishga oid texnik ekspertizasini ishlab chiqarishni yo‘lgan qo‘yilgan.

Hozirgi vaqtda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Samarqand viloyat bo‘limida quyidagi turdagi sudga oid ekspertizalar bajarilib kelinmokda.

  • Sud xatshunoslik ekspertizasi;
  • Sud texnika-kriminalistika ekspertizasi.
  • Sud izshunoslik ekspertizasi;
  • Sud ballistika ekspertizasi;
  • Sud avtotexnika xisoblash (YTH – lari jarayonini matematik uslublar bilan tadqiqot qilish) ekspertizasi;
  • Sud avtotexnika (transport vositalari va ularni ayrim qismlarining texnik xolatini tadqiqot etish) ekspertizasi;
  • Sud transport vositalarini baholash (T/V – larni baxolash, xamda to‘qnashuv natijasida jaroxatlangan transport vositalariga yetkazilgan moddiy zararini aniqlash;) ekspertizasi;
  • Sud transport-izshunoslik ekspertizasi;
  • Sud iqtisodiy ekspertizasi;
  • Sud tovarshunoslik ekspertizasi;
  • Sud qurilish-texnika ekspertizasi;
  • Sud yer ekspertizasi;

    Hozirgi kunda X. Sulaymonova nomidagi RSEM Samarqand viloyat bo‘limi, Markazning eng katta bo‘limiga aylangan bo‘lib, Samarqand, Navoiy, Buxoro va boshqa viloyatlarining barcha xuquqni muxofaza qilish idoralariga xizmat ko‘rsatishi bilan bir qatorda, jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari hamda xatlariga asosan pulli tatqiqotlar o‘tkazib kelmoqda.

   X.Sulaymonova nomidagi RSEMning Samarqand viloyat bo‘limida ekspertlarining faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, faqat sud ekspertiza o‘tkazish va ilmiy-tadqiqotlar bilan chegaralanmagan. Ularning ishlarida huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha tadbirlar, jinoyat sodir etilishiga olib keluvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha ekspertlarning ilmiy-asoslangan tavsiyanomalarini ishlab chiqish katta o‘rin egallaydi. Profilaktik tavsiyanomalar muayyan ekspertiza materiallari bo‘yicha ham, sud-tergov va ekspertlik amaliyoti umumlashmalari natijalari bo‘yicha ham ishlab chiqiladi. Ekspertlarning jinoyat sodir etilishiga olib keluvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-asoslangan tavsiyanomalari kriminogen holatlarni sog‘lomlashtirish, ayrim fuqarolar va butun jamiyatning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga bo‘lishi mumkin bo‘lgan tajovuzning oldini olishga yo‘naltirilgan. Huquqbuzarlikning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashda ekspertlik fanining yutuqlarini tashviqot qilishning shakllaridan biri huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari bilan uslubiy ishlash, shuningdek ekspertlarning ommaviy axborot vositalarida chiqishlari orqali amalga oshirib kelmoqda.

Manzil: 140147, Samarqand shahar Firdavsiy ko‘chasi.

Aloqa ma’lumoti: tel (55) 704-02-72? (55) 704-91-63.

Elektron manzil: samarqand@sudex.uz