Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi

Solieva Nargisa Abduxamitovna                   

Laboratoriya mudirasi

Tel: 71-209-11-55

Ichki tel: 195

Hozirgi kunda hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi O‘zbekiston sud-ekspertlik tizimining etakchi bo‘linmalaridan biridir. Laboratoriya xodimlari ekspertlik amaliy faoliyati bilan bir qatorda (laboratoriya Respublikaning barcha huquqni muhofaza qilish idoralariga xizmat korsatadi, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning arizalariga ko‘ra tadqiqotlar bajaradi) dastxat va imzoni, shuningdek hujjatlar materiallarini va rekvizitlarini tadqiqot qilishning yangi uslublarini o‘zlashtirmoqdalar va tadbiq etmoqdalar. Chunonchi, mualliflar jamoasi, shuningdek laboratoriyaning ayrim xodimlari tomonidan tadqiqotning yangi uslublari ishlab chiqildi. Ular orasidan qo‘yidagilarni takidlab o‘tish mumkin:
· “Sudebno-pocherkovedcheskoe issledovanie mnojestva podpisey” S.A.Ataxodjaev;

  • “Imzolarning haqiqiy (haqiqiy emas)ligini aniqlash mahsadida odatdan tashqari sharoitda (ataylab o‘zgartirilgan, tahlidan, alkogol mastlik va stress holatida) bajarilgan imzolarning kriminalistik tadqiqoti;
    · “O‘zbek tilidagi matnlarni tadqiqot qilishda dastxatni ataylab o‘zgartirganlik faktini aniqlash;
  • “O‘zbek tili lotin grafikasida yozuvchi shaxslar dastxatlarida yozuv-harakat ko‘nikmalarining shakllanishining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash;
  • Fotopolimer (fotosmol) asosida va rezinada lazerli kuydirib tayyorlangan muhr (shtamp) va muhr (shtamp) izlarini kriminalistik tadqiqot qilish bo‘yicha uslubiy tavsiyanomalar;
    · “Nusxa ko‘chiruvchi-ko‘paytiruvchi texnika yordamida montaj qilingan hujjatlarning belgilarini aniqlash va tasvirlash;
  • “Fluoressensiya spektrlari va UB-nurlari tasirida chiziqlarning tezlatilgan eskirishidan foydalangan holda sharikli ruchkaning ko‘k-binafsha pastasida bajarilgan chiziqlarning bajarilgan vahtini aniqlash.

2007 yilga laboratoriya xodimlari tomonidan o‘zbek tili lotin grafikasida bajarilgan qo‘lyozma matnlar bajaruvchisining jinsini aniqlash bo‘yicha, shuningdek fluoressensiya spektrlaridan foydalangan holda muhr va shtamp izlari bosilgan vahtni aniqlash va ularga UB-nurlari tasirida chiziqlarning tezlatilgan eskirishi bo‘yicha uslubiyotlar ishlab chiqish rejalashtirilgan va muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Laboratoriya tashkil etilgandan beri laboratoriya kriminalistlari tomonidan bitta doktorlik va o‘nta nomzodlik dissertasiyalari yozildi va muvaffaqiyatli himoya qilindi.
Sud-xatshunoslik ekspertizasi

Dastxat va imzo sud-xatshunoslik ekspertizasi tadqiqotining ob’ektlari bo‘lib, ekspertizaning asosiy hal qiluvchi masalalari esa quyidagilardir:
1.Identifikatsion masalalar:
“Qo‘lyozma matnning bajaruvchisini aniqlash;
“Imzolarning haqiqiyligi yoki haqiqiy emasligini aniqlash;
“Haqiqiy bo‘lmagan imzoning bajaruvchisini aniqlash.
2.Diagnostik masalalar:
“Ataylab o‘zgartirilgan dastxatni aniqlash;

“Qo‘lyozma matnlar va imzolar bajaruvchisining odatdagi yoki odatdan tashqari (taqlidan, ataylab o‘zgartirilgan, alkogol’ mastlik, stress va boshqa) holatini aniqlash;

  • yozuvning odatdan tashqari sharoitda (yomon ob-havo sharoitida, gavdaning odatdan tashqari vaziyatida, harakatlanayotgan avtotransportda va boshqa) bajarilganini aniqlash.
    3.Klassifikasion masalalar:
    “Qo‘lyozma matn bajaruvchisining jinsini va yoshini aniqlash.
    HUJJATLAR SUD-TEXNIK EKSPERTIZASI

Hujjatlar rekvizitlari va materiallari hujjatlar sud-texnik ekspertiza tadqiqotining ob’ektlaridir, uning asosiy vazifalariga esa quyidagilar kiradi:
1. Hujjatning tayyorlanish usulini aniqlash;
2. Hujjat mazmunini o‘zgartirish fakti va usulini aniqlash;
3. Xira ko‘ringan va ko‘rinmaydigan yozuvlarni tiklash;
4. Hujjatning birlamchi ko‘rinishini tiklash;
5. Hujjatning tayyorlangan vaqtini aniqlash;
6. Hujjatni tayyorlashda qo‘llanilgan asbob, vosita, jihoz va materiallarni identifikasiya qilish.

Laboratoriya ekspertlarining faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, faqat ekspertiza o‘tkazish va ilmiy-tadqiqotlar bilan chegaralanmaydi. Ularning ishlarida huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha tadbirlar, jinoyat sodir etilishiga olib keluvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha ekspertlarning ilmiy-asoslangan tavsiyanomalarini ishlab chiqish katta o‘rin egallaydi. Profilaktik tavsiyanomalar muayyan ekspertiza materiallari bo‘yicha ham, sud-tergov va ekspertlik amaliyoti umumlashmalari natijalari bo‘yicha ham ishlab chiqiladi. Ekspertlarning jinoyat sodir etilishiga olib keluvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-asoslangan tavsiyanomalari kriminogen holatlarni sog‘lomlashtirish, ayrim fuqarolar va butun jamiyatning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga bo‘lishi mumkin bo‘lgan tajovuzning oldini olishga yo‘naltirilgan. Huquqbuzarlikning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashda ekspertlik fanining yutuqlarini tashviqot qilishning shakllaridan biri huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari bilan uslubiy ishlash, shuningdek ekspertlarning ommaviy axborot vositalarida chiqishlari orqali amalga oshiriladi.

Hozirgi vaqtda laboratoriyada A.G.Minasyan boshchiligida 12 nafar turli staj va ish tajribalariga ega bo‘lgan ekspertlar ekspertizalar bajarib, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanib kelmoqdalar. Shuningdek, laboratoriya tarkibida qadrdon laboratoriyaning shonli ananalari va tarixini munosib davom ettirishi kutilayotgan ikki yosh mutaxassis ish o‘rganmoqda.

HKE laboratoriyasi hujjatlar sud-texnik ekspertizasi masalalarini muvaffaqiyatli echish uchun mo‘ljallangan zamonaviy yuqorisezuvchan kriminalistik uskunalar bilan jihozlangan.

“VSC 2000”, “VSC 5000” rusumli videospektral komparatorlari – “Foster &Freman” ingliz kompaniyasining zamonaviy, ko‘p funksiyali uskunalaridir. Ular hujjatlarning rekvizitlari va materiallarini optik, yaroqsiz holga keltirmaydigan uslublar bilan tadqiqot qilish uchun mo‘ljallangan. Bu uskunalar qo‘shib yozib qo‘yish, qo‘shib chizib qo‘yish, o‘chirib tozalash, kimyoviy usul bilan tozalash, yuvib tashlash yo‘li bilan hujjat mazmunini to‘liq yoki qisman o‘zgartirish faktini aniqlash, yozuv materiallarini identifikasion tadqiqot qilishda foto-metrik va optik farqlarga asoslangan uslublardan foydalanish imkonini beradi. Bundan tashqari, ular obektlarni katta masshtabda (14 zumlik) vizual kuzatuvda qanday ko‘rinsa, yoruqlikning IQ-doirasiga yaqin shunday ko‘rish, taqqoslash tadqiqotini o‘tkazish, UB-nurlari va yoruqlikning ko‘rinuvchi doiralari qo‘zg‘atgan lyuminessensiyani kuzatish, bevosita chizgilardagi bo‘yoqlar spektrlarini olish, spektrlarning solishtirma tadqiqotini o‘tkazish imkoniyatlarini beradi. Ushbu uskunalar yoruqlik to‘plamidagi diapazon bo‘yicha tor uzun to‘lqinlarda, to‘g‘ri, yon tomondan tushuvchi va o‘tuvchi yoruqlikda keng diapazonlarda (UB-IQ) yoruqlik nurlanishini tadqiqot qilishni taminlash imkonini beradi. Uskunalar avtomatlashtirilgan va grafik fayllar bilan ishlash imkonini beruvchi MEHMga ulangan, shuningdek tadqiqot qilinuvchi obektlarning tasvirini bevosita ekspert xulosalarida namuna qilib yaqqol ko‘rsatadi. Deyarli barcha tadqiqotlarda qo‘llaniladi.

“ESDA” rusumli bosilgan bo‘yoqsiz chizgilar bo‘yicha matnni o‘qish uchun uskuna – “Foster&Freman” ingliz kompaniyasining yangi, zamonaviy uskunasi to‘liq yoki qisman bo‘yoqsiz yozuvlarni botiq chizgilari bo‘yicha ko‘rish imkonini beradi. Ishning asosiy negizi yuqori chastotali tokdan foydalanishga asoslangan. Polimer plyonkadagi ko‘rinmaydigan tasvir maxsus poroshok (developer) kaskad uslubida chizgilarni ko‘rinuvchan qiladi, so‘ngra shaffof yopishqoq lenta yordamida poroshok to‘plab olinadi.

Botiqda tasvir yuqori chastotali tok manbai tasiri ostida hosil bo‘ladi, prokladka sifatida tadqiqot qilinuvchi hujjat va polimer plyonka bo‘lgan kondensator statik zaryadning turli joylarida turlicha aks etadi. Qulay sharoitlarda “ESDA” yordamida to‘rtinchi nusxagacha bo‘lgan matn aniqlanadi. Uskuna tadqiqot qilinuvchi hujjat yuzasidagi turli xildagi mavhumliklarga o‘ta sezuvchan bo‘lib, faqat bir tomonida chizgilar mavjud bo‘lgan varaqlarni tadqiqot qilish imkonini beradi.

“Foram 685” rusumli ramanovskiy spektograf uskunasi “Foster&Freman” ingliz kompaniyasining murakkab avtomatlashgan apparati bo‘lib, yozuv materiallari va boshqa hujjatlar materialining ramanovskiy spektrlarini suratga olish uchun mo‘ljallangan. U bevosita chizgilarda bo‘yovchi moddalar tadqiqotini yaroqsiz holga keltirmaydigan uslubda bajarish imkonini beradi.

Ramanovskiy spektrlar – tadqiqot qilinuvchi moddalardagi qo‘zg‘aluvchan molekulalarning ularga 685 nm to‘lqin uzunligidagi lazer nurlari tasiri ostidagi spektrlar tushishi bo‘lib, fotometrik spektrlardan farqi muayyan kimyoviy birikma uchun xosligidir. Ramanovskiy spektograf aniq tadqiqot o‘tkazish, olingan spektrlarni shakllash va yozib olish imkonini beruvchi qulay dasturga kiritilgan MEHMga ulangan.

Laboratoriyada ekspertlarga har bir xulosani ko‘rgazmali qilish imkonini beruvchi skanerlovchi va bosmadan chiqaruvchi moslamalar bilan jihozlangan HKE laboratoriyasi binoning ikkinchi qavatida o‘ng qanotda joylashgan va oltita xizmat xonasidan iborat.

Матнда хато топсангиз, уни белгилаб Ctrl+Enter тугмаларини биргаликда босинг .