Xodimlarning malakasini oshirish

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida 2017 yilning 2-yarim yilligida tashkil etilgan “Sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirish” bo‘yicha o‘quv jarayoni yuzasidan
MA’LUMOTNOMA

2017 yil 18 dekabr                                                                                                       Toshkent sh.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 13 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertlarining malakasini oshirish tizimini tashkil qilish to‘g‘risida”gi 206-son Qarorida Respublika sud ekspertlarining malakasini oshirish tizimini yaratish borasida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining yuqoridagi Qarori bilan tasdiqlangan “Sud ekspertlarining malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari” asosida ishlab chiqilgan O‘quv dasturi va O‘quv rejasi, mavzuiy rejalar asosida va tasdiqlangan dars jadvallariga binoan “Sud ekspertlarining huquqiy tayyorgarligi” kursi bo‘yicha 36 soatlik o‘quv jarayoni Adliya vazirligining Yuristlar malakasini oshirish markazida quyidagicha tashkil etildi:

– 1-yig‘in: 2017 yil 4-11 sentabr kunlari (7-nafar tinglovchi);

– 2-yig‘in: 2017 yil 18-25 sentabr kunlari (6-nafar tinglovchi);

– 3-yig‘in: 2017 yil 2-9 oktabr kunlari (5-nafar tinglovchi);

– 4-yig‘in: 2017 yil 16-23 oktabr kunlari (7-nafar tinglovchi);

– 5- va 6-yig‘inlar: 2017 yil 20-27 noyabr  kunlari (15-nafar tinglovchi) – Adliya vazirligining Yuristlar malakasini oshirish markazining malaka oshirish guruhlariga mashg‘ulot o‘tkazuvchi professor-o‘qituvchilari, Sud ekspertlarining malakasini oshirish O‘quv markazi xodimlari va ayrim tinglovchilar xizmat safariga jalb etilganiligi bois, 5-yig‘in va 6-yig‘in tinglovchilari bir guruhga biriktirilib mashg‘ulotlar tashkil etilgan;

– 7-yig‘in: 2017 yil 11-18 dekabr kunlari (12-nafar tinglovchi).

Sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirib borish shaklidagi malakasini oshirishiga oid o‘quv jarayonini tashkil etish maqsadida:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 13 apreldagi 206-son Qarori bilan tasdiqlangan “Sud ekspertlarining malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari” asosida O‘quv dasturi (RSEMning 2017 yil “5” may kunidagi Direktoratida muhokamadan o‘tgan va ma’qullangan, “5/17” – son bayonnoma), O‘quv reja va ishchi o‘quv rejalar ishlab chiqildi.

O‘quv dasturi asosilda quyidagi hujjatlar tayyorlandi:

– “Sud ekspertlarining huquqiy tayyorgarligi” kursi bo‘yicha ma’ruza fondlari;

– barcha mavzular bo‘yicha kompleks o‘quv-metodik materiallar;

– barcha mavzularga oid prezentatsiyalar;

– barcha ushbu mavzular bo‘yicha tarqatma materiallar (196 bet hajmdan iborat ma’ruzalar to‘plami), ushbu tarqatma materiallar huquqiy bilimlarni oshirib borish shaklidagi malaka oshirishga jalb etiladigan xodimlar soniga moslab bosib chiqarildi;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazidagi qisqa muddatli (1 hafta va 2 hafta) malaka oshirish kursi tinglovchilarining o‘qitish xarajatlarining “Iqtisodiy asosnomasi” ishlab chiqildi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining o‘rinbosari tomonidan 2017 yil 26 may kuni tasdiqlangan);

Respublikaning tarkibida sud ekspertiza muassasalari bo‘lgan barcha idoralari va sud ekspertiza o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlarga, sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirib borish shaklidagi malaka oshirish kurslariga jalb etiladigan xodimlar bo‘yicha talab va takliflar taqdim etilishi so‘rab aloqa xatlari (reja-grafik nusxasi va o‘qitishning iqtisodiy asosnomasi ilova qilingan holda) yuborildi (2017 yil 12 iyun 29-575/1-sonli va 2017 yil 10 iyuldagi 29-699/1-sonli aloqa xatlari), ushbu aloqa xatlarida keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib, “O‘zbekiston Respublikasi sud ekspertiza muassasalari xodimlarining 2017 yilning  II-yarmi uchun huquqiy bilimlarini oshirib borish shaklidagi malakasini oshirish bo‘yicha Taqsimot-reja” tayyorlandi va tasdiqlandi.

Ushbu taqsimot-rejani tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi MSTPAL, Sog‘liqni saqlash vazirligi STE Bosh byurosi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati va RSEMdan aniq takliflar va xodimlar ro‘yxati olindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV EKBM (2017 yil 24 iyul, 21/603-sonli xat), O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi (2017 yil 14 iyul, 01-06/1811-sonli xat), O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi (2017 yil 12 iyul, 05/16-5202-sonli xat), O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (2017 yil 21 iyul, 02-11/2750-sonli xat) tomonidan esa 2017 yilning 2-yarmi o‘quv yiliga xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirib borish shaklidagi malaka oshirishlariga ehtiyoj yo‘qligi haqida ma’lumotlar olindi.

“Sud ekspertlarining huquqiy tayyorgarligi” kursi bo‘yicha, xodimlarga o‘qitiladigan mavzular nomi va o‘quv mashg‘ulotlari miqdori, mashg‘ulotlarda foydalaniladigan o‘quv-texnik vositalar va o‘tiladigan mavzular bilan uzviy bog‘liq fanlar sohalari va mashg‘ulot o‘tuvchi mutaxassislar ko‘rsatilgan mavzuiy reja va dars jadvallari tayyorlandi.

Sud espertlarining huquqiy bilimlarini oshirib borish shaklidagi malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv jarayoni 2017 kalendar yili oxirigacha Adliya vazirligi Yuristlar malakasini oshirish markazida tashkil etilishi bo‘yicha Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish O‘quv markazi bilan kelishildi. Malaka oshirishdan muvaffaqiyatli o‘tgan sud ekspertlariga beriladigan sertifikat blankalari tipografik usulda tayyorlandi.

Tasdiqlangan taqsimot-reja va mavzuviy rejaga asosan huquqiy bilimlarni oshirib borish shaklidagi malaka oshirish bo‘yicha o‘quv jarayoniga jalb etilgan jami 52 nafar xodimlarga quyidagi mavzularda haftasiga 36 soatlik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi:

– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar; – 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi; – Xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashishda xalqaro hamkorlik; – Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlik masalalari; – O‘zbekiston Respublikasi “Tezkor qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi qonunining sud eksperizasi faoliyatidagi ahamiyati; – O‘zbekiston Respublikasining jinoyat hamda jinoyat-protsessual kodekslariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar; – O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari faoliyatida xalqaro huquqiy yordam; – O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik-protsessual kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar; – Xalqaro huquq norma va prinsiplarini o‘ziga xos jihatlari; – Inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro va milliy mexanizmlar; – O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining mazmuni va amalda qo‘llash masalalari; – Oliy Majlis Senatining 11 va 12 yalpi majlislaridagi ma’qullangan qonunlarning maxmun-mohiyati; – O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunining ahamiyati, maqsadi va vazifalari; – Sud ekspertizalarini o‘tkazish, ekspertiza faoliyatiga oid protsessual hujjatlarni namunalarini tayyorlash; – ISO 9001:2015 – Sifat boshqaruvi tizimi, O’z DST ISOIEC 170272007 – bazasi bo‘yicha laboratoriyalarning kompetentligini baholash; – Sud ekspertlarining ish faoliyatida uchrab turadigan turli vaziyatlar va ziddiyatli holatlarda ruhiy barqarorlikni ta’minlash; – Sud ekspertiza faoliyatida odob-ahloq qoidalari.

Mashg‘ulotlarni O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi Yuristlar malakasini oshirish markazining mutaxassislari – yuridik fanlar doktorlari, proffessor: B.Toshev; B.Ismailov; L.Saidova; Sh.Fayziev; yuridik fanlar nomzodalri, dotsentlar: A.Zakurlaev; G‘. Alimov; O.Sulaymonov; S.Maripovalar; katta o‘qituvchi B.Usmonov hamda boy amaliy tajribaga ega mutaxassislar: U.Uzakov va N.Abrarovalar olib bordilar.

Mashg‘ulotlar “Konferensiyali ma’ruza”, “Binar ma’ruza”, “Suhbat-munozara” va aniq topshiriqlarni bajarishga mo‘ljallangan amaliy mashg‘ulotlar shaklida o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar jarayonida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar va amaliy faoliyatida uchrab turadigan mummolar bo‘yicha tegishli ma’lumotlar oldilar. Shuningdek har bir tinglovchiga o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha fikr va mulohaza hamda takliflarni o‘rganish, ulardan kelgusi o‘quv jarayonini tashkil etishda foydalanish maqsadida anketa-so‘rovlar o‘tkazildi. O‘quv yig‘inlarining yakunida RSEM direktori tomonidan tasdiqlangan Komissiya tomonidan malaka oshirishga jalb qilingan xodimlar uchun yakuniy nazoratlar o‘tkazildi. Yakuniy nazorat imtihon-suhbat shaklida o‘tkazildi va bu jarayonda sud ekspertlarining olgan nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

Yakuniy nazorat jarayonida, hisobot davrida malaka oshirishga jalb qilingan jami 52 nafar sud ekspertlarining bilimlari 20ta “a’lo”, 28ta  “yaxshi” va 4ta “qoniqarli” baholarga baholandi, “qoniqarsiz” baho olgan tinglovchilar bo‘lmadi.

Bu jarayonda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bo‘yicha ularga tavsiyalar berildi, shuningdek hisobot davrida tashkil etilgan o‘quv jarayoniga jami 18-nafar tinglovchi kelmadi, jumladan:

– 6 nafar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi MSTPAL xodimlari; – 6 nafar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi xodimlari; – 6 nafar Sog‘liqni saqlash vazirligi STE Bosh byurosi xodimlari.

O‘quv jarayoni yakunida huquqiy bilimlarni oshirib borish shaklidagi malaka oshirish bo‘yicha o‘quv jarayonini yakunlagan sud ekspertlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 13 apreldagi 206-son Qarori bilan tasdiqlangan namunadagi sertifikatlar taqdim etildi.

Rejadan tashqari,  O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi RSEM hamda O‘zbekiston Respublikasi MXXning 02616-sonli harbiy qismi bilan 2017 yil sentabr oyida tuzilgan 17/4-sonli shartnomaga asosan, O‘zbekiston Respublikasi MXXning 02616-sonli harbiy qism xizmatchilari (4 nafar) uchun 2017 yil 20-27 sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 13 apreldagi 206-son Qarori bilan tasdiqlangan “Sud ekspertlarining malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari” asosida ishlab chiqilgan “Sud ekspertlari malakasini oshirish uchun “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, prekursorlarning kriminalistik tadqiqotlari” kursi bo‘yicha O‘quv dasturi, uning asosida tuzilgan Mavzuiy reja asosida hamda tasdiqlangan dars jadvaliga binoan “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, prekursorlarning kriminalistik tadqiqotlari” kursi bo‘yicha 36 soatlik (12 soat ma’ruza, 24 soat amaliy mashg‘ulot, 18 soat mustaqil ta’lim) o‘quv jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi RSEM Mahsulotlar, ashyolar va buyumlarning kriminalistik ekspertizasi (MABKE) laboratoriyasi bazasida tashkil etildi va o‘quv mashg‘ulotlari quyidagi mavzular bo‘yicha o‘tkazildi:

– Giyohvandlik vositalar, psixotrop moddalar, prekursorlarning kriminalistik tadqiqotlari tushunchasi va bu turdagi ekspertizalarni tayinlash va o‘tkazishda mavjud xatolar va ularni aniqlash hamda bartaraf etish yo‘llari; – Nasha o‘simligidan olinadigan giyohvandlik vositalari tadqiqotlarining o‘ziga xos xususiyatlari (cannabis 1); – Ko‘knori o‘simligidan olinadigan giyohvandlik vositalari tadqiqotlarining o‘ziga xos xususiyatlari (papaver 1); – Sun’iy va yarim sun’iy kelib chiqishga ega an’anaviy giyoxvandlik vositalari tadqiqotlarining o‘ziga xos xususiyatlari; – Psixotrop moddalar va prekursorlar tadqiqotlarining o‘ziga xos xususiyatlari; – “Spays” aralashmali chekish aralashmalari, su’niy fenitilamin va sun’iy kationlar tarkibidagi zamonaviy sun’iy kannabinoidlar tadqiqotlarining o‘ziga xos xususiyatlari.

Mashg‘ulotlarni RSEM MABKE laboratoriyasining mutaxassislari – k.f.n., yetakchi ekspert N.V. Korableva, katta ekspertlar V.A. Vetrova va O.N. Auxadeevlar olib bordilar. 2017 yil 27 sentabr kuni tarkibi RSEM direktori tomonidan tasdiqlangan tarkibdagi Komissiya (A.Zakurlaev, N.Sh.Xalilova, N.V.Korableva, V.A.Vetrova va O‘zbekiston Respublikasi 02616-sonli harbiy qism mas’ul xodimi) tomonidan malaka oshirishga jalb qilingan xodimlar uchun yakuniy nazoratlar o‘tkazildi. Yakuniy nazorat jarayonida malaka oshirishga jalb qilingan xodimlarning bilimlari 2ta “a’lo” va 2ta “yaxshi” baholarga baholandi.

O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha muammolar:

  1. “O‘zbekiston Respublikasi sud ekspertiza muassasalari xodimlarining 2017 yilning  II-yarmi uchun huquqiy bilimlarini oshirib borish shaklidagi malakasini oshirish bo‘yicha Taqsimot-reja”ni tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi MSTPAL, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitadan va Sog‘liqni saqlash vazirligi STE Bosh byurosidan aniq takliflar va xodimlar ro‘yxati olingan edi. Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi MSTPAL, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi STE Bosh byurosidan, bu idoralarning o‘zlari bergan buyurtmalari asosida tasdiqlangan Reja-taqsimotga kiritilgan xodimlar, o‘qish uchun mablag‘ yo‘qligini vaj qilib, huquqiy bilimlarni oshirib borish shaklidagi malaka oshirish bo‘yicha o‘quv jarayoniga ishtirok etmadilar (jami – 18 nafar).
  2. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi MSTPAL tomonidan 1 nafar xodimva Sog‘liqni saqlash vazirligi STE Bosh byurosi tomonidan 11 nafar xodimlarning o‘qishi uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 apreldagi 206-sonQarori bilan tasdiqlangan “Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tartibi to‘g‘risida Nizom”ning 6-bandida (O‘quv markazida sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirib borish xarajatlari, shuningdek O‘quv markaziga asosiy ishdan ajralgan holda boshqa hududlardan yuborilgan sud ekspertlarining o‘qish joyiga kelishi va u yerdan qaytishi bo‘yicha bir martalik yo‘l xarajatlari, xizmat safari bo‘yicha xarajatlar vazirliklar va idoralarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi) ko‘rsatilgan o‘qish xarajatlarini to‘lash hozirgi kunda amalga oshirilmadi.

Kelgusi (2018-2019 –  o‘quv yili) o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha vazifalar:

  1. Sud espertlarining huquqiy bilimlarini oshirib borish shaklidagi malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv jarayoni jalb etilgan sud ekspertlari uchun, kelgusida o‘quv jarayonini tashkil etishga oid ishlab chiqilgan anketa-so‘rovnomadagi taklif va tavsiyalarni inobatga olgan holda 2018 yilning 1-yarmi bo‘yicha o‘quv jarayoni uchun Ishchi O‘quv dastur, O‘quv reja va ishchi o‘quv rejasi hamda mavzuiy rejalarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlatish;
  2. Sud espertlarining huquqiy bilimlarini oshirib borish shaklidagi malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv jarayoni jalb etilgan sud ekspertlari uchun, yuqoridagi Ishchi o‘quv reja asosida, 2017 yilning kelgusi o‘quv jarayoni hamda 2018 yilning 1-yarmidagi o‘quv jarayoniga oid hujjatlarni (ma’ruza fondlari, o‘quv-metodik kompleks materiallar, prezentatsiyalar va tarqatma materiallar) qayta tayyorlash;
  3. “O‘zbekiston Respublikasi sud ekspertiza muassasalari xodimlarining 2018-2019 – o‘quv yili uchun huquqiy bilimlarini oshirib borish shaklidagi malakasini oshirish bo‘yicha Taqsimot-reja” tayyorlash va belgilangan tartibda tasdiqlatish;
  4. O‘quv jarayonidan oldingi dastlabki va IQ–testlar hamda o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha fikr-mulohazalar hamda taklif-tavsiyalar olish maqsadida so‘rov o‘tkazish uchun anketalar tayyorlash.

RSEM Sud ekspertlarining malakasini oshirish

O‘quv markazi mudiri                                                                    Sh.Xasanov

 

 

 

 

 

 

 

 

2017 yil “___” dekabr 29 – ____________

O‘zbekistonRespublikasi

Adliya vazirligiga

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 13 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertlarining malakasini oshirish tizimini tashkil qilish to‘g‘risida”gi 206-son Qarorida Respublika sud ekspertlarining malakasini oshirish tizimini yaratish borasida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan, 2017-2018 o‘quv yilining 2-yarmida (sentabr-dekabr oylari)  O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi yuristlar malakasini oshirish markazida “Sud ekspertlarining huquqiy tayyorgarligi” kursi bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv jarayoni yakunlari bo‘yicha ma’lumotnoma yuborilmoqda.

Ma’lumot tariqasida.

Ilova: Ma’lumotnoma 6 varaqda.

Матнда хато топсангиз, уни белгилаб Ctrl+Enter тугмаларини биргаликда босинг .