O‘zbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi QONUNI

Qonunchilik palatasi tomonidan 2009 yil 18 noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2010 yil 7 mayda ma’qullangan

1-bob. Umumiy qoidalar

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi sud ekspertizasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2-modda. Sud ekspertizasi to‘g‘risidagi qonun xujjatlari

Sud ekspertizasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining sud ekspertizasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

davlat sud eksperti – davlat sud ekspertiza muassasasining o‘z xizmat vazifalarini bajarish tartibida sud ekspertizasini o‘tkazuvchi sud eksperti;

ish – sud ekspertizasi tayinlangan fuqarolik, xo‘jalik, jinoyat ishi (shu jumladan, tergovga qadar tekshiruv materiallari), ma’muriy xuquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish;

sud eksperti – xulosa berish uchun fan, texnika, sa’nat yoki xunar sohasida maxsus bilimlarga ega bo‘lgan, belgilangan tartibda sud eksperti sifatida tayinlangan jismoniy shaxs;

sud ekspertining xulosasi (xulosa) – sud eksperti yoki sud ekspertlari komissiyasi tomonidan tuziladigan va sud ekspert tekshirishlarining olib borilishini va natijalarini aks ettiradigan yozma hujjat;

sud ekspertizasi – fuqarolik, xo‘jalik, jinoyat va ma’muriy sud ishlarini yuritishda ish holatlarini aniqlashga qaratilgan hamda sud eksperti tomonidan fan, texnika, san’at yoki hunar sohasidagi maxsus bilimlar asosida sud-ekspert tekshirishlarini o‘tkazish va xulosa berishdan iborat bo‘lgan prosessual harakat;

sud-ekspertlik faoliyati – sud ekspertizasini tashkil etish va o‘gkazish bo‘yicha faoliyat.

4-modda. Sud-ekspertlik faoliyatining asosiy prinsiplari

Qonuniylik, inson huquq va erkinliklariga rioya etilishi, sud ekspertining mustaqilligi, sud-ekspert tekshirishlarining xolisligi, har tomonlamaligi va to‘liqligi sud-ekspertlik faoliyatining asosiy prinsiplaridir.

5-modda. Sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirishda qonuniylikka rioya etilishi

Sud-ekspertlik faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.

6-modda. Sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirishda inson huquq va erkinliklariga rioya etilishi

Sud-ekspertlik faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi hamda qonunlarida nazarda tutilgan inson huquq va erkinliklariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.

Shaxsning erkinligini vaqtincha cheklashni yoki uning shaxsiy daxlsizligi buzilishini talab etuvchi sud-ekspert tekshirishlari (bundan buyon matnda tekshirishlar deb yuritiladi) faqat qonunda belgilangan asoslar va tartibda o‘tkaziladi.

Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilot (bundan buyon matnda boshqa tashkilot deb yuritiladi) tomonidan sud-ekspertizasi o‘tkazilishi munosabati bilan qabul qilingan qarorlar, sud-ekspertining harakatlari (harakatsizligi) o‘z huquq va erkinliklarining cheklanishiga olib keldi deb hisoblagan shaxs mazkur qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.

7-modda. Sud ekspertining mustaqilligi

Sud eksperti sud ekspertizasini o‘tkazishda sud ekspertizasini tayinlagan organdan (shaxsdan), taraflardan va ishning natijasidan manfaatdor bo‘lgan boshqa shaxslardan mustaqildir.

Sud eksperti o‘zining fan, texnika, sanat yoki hunar sohasidagi maxsus bilimlariga (bundan buyon matnda maxsus bilimlar deb yuritiladi) muvofiq o‘tkazilgan tekshirishlar natijalariga asoslanib xulosa beradi.

Sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs), shuningdek boshqa davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan taraflardan birortasining yoki ishning natijasidan manfaatdor bo‘lgan boshqa shaxslarning foydasini ko‘zlab xulosa olish maqsadida sud ekspertiga ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l ko‘yilmaydi.

8-modda. Tekshirishlarning xolisligi, har tomonlamaligi va to‘liqligi

Sud eksperti tekshirishlarni xolisona, qat’iy ilmiy va amaliy asosda, tegishli ixtisoslik doirasida, har tomonlama va to‘liq hajmda o‘tkazadi.

Sud ekspertining xulosasi (xulosa) qilingan fikrlarning asosliligi va ishonchliligini umum e’tirof etilgan ilmiy va amaliy malumotlar bazasiga muvofiq tekshirish imkoniyatini beradigan qoidalarga asoslanishi lozim.

9-modda. Tekshirish obektlari

Ashyoviy dalillar, tekshirish uchun namunalar, boshqa moddiy obektlar, murdalar va ularning qismlari, hujjatlar, shuningdek sud ekspertizasi o‘tkazilayotgan ish materiallari tekshirish ob’ektlari bo‘lishi mumkin. Tekshirishlar tirik odamga nisbatan ham o‘tkaziladi.

Tekshirishni o‘tkazish va xulosa berish uchun sud ekspertiga zarur bo‘lgan tirik odam, murda, hayvon, o‘simlik, buyum, material yoki moddaning xususiyatlarini aks ettiruvchi ob’ektlar tekshirish uchun na’munalardir.

Sud ekspertizasini o‘gkazishda tekshirish obektlari (tirik odamdan tashqari) tekshirishni o‘tkazish uchun qay darajada zarur bo‘lsa, shu darajada shikastlanishi yoki ishlatilishi mumkin. Bunda tekshirish obektining qisman shikastlanishi yoki ishlatilishiga sud ekspertizasini tayinlagan organning (shaxsning) yozma ruxsati olinishi zarur, tayinlangan sud ekspertizasining o‘ziga xos xususiyatlari ob’ektning shikastlanishini (buzilishini) yoki ishlatilishini taqozo etuvchi hollar bundan mustasno.

Tekshirish ob’ektlarining sud ekspertizasini tayinlagan organning (shaxsning) yozma ruxsati bilan yoxud tayinlangan sud ekspertizasining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘lik holda shikastlanganligi yoki ishlatilganligi davlat sud-ekspertiza muassasasi, boshqa tashkilot yoki sud eksperti tomonidan mazkur ob’ektlarning mulkdoriga zararning o‘rni qoplab berilishiga sabab bo‘lmaydi.

Tekshirish ob’ektlari, agar ularning o‘lchamlari va xossalari imkon bersa, o‘ralgan va muhrlangan holda sud ekspertiga topshirilishi kerak.

Tekshirish ob’ektini sud ekspertining ish joyiga etkazib berishning iloji bo‘lmaganda, sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) unga mazkur ob’ektni moneliksiz kirib ko‘rishni va uni tekshirish imkoniyatini taminlaydi.

Sud ekspertizasi tugallanganidan keyin tekshirish ob’ektlari, agar ular to‘la ishlatilgan bo‘lmasa, sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) qaytariladi.

10-modda. Sud eksperti

Sud eksperti sifatida davlat sud eksperti, boshqa tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin.

Boshqa tashkilot xodimi sud ekspertizasini uni tayinlagan organ (shaxs) tomonidan mazkur tashkilotga berilgan topshiriqni bajarish tartibida o‘gkazadi.

Ishda sud eksperti sifatida ishtirok etish uchun jalb etilgan boshqa jismoniy shaxs biron-bir davlat sud-ekspertiza muassasasi shtatida turmaydi va sud ekspertizasini uni tayinlagan organning (shaxsning) topshiriqini bajarish tartibida o‘tkazadi.

Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar sud eksperti sifatida jalb etilishi mumkin emas. Shaxsning sud eksperti sifatida ishtirok etishini istisno etadigan boshqa holatlar prosessual qonunda nazarda tutiladi.

Sud eksperti ish holatlarini tekshirishda faqat o‘ziga topshirilgan sud ekspertizasi predmetiga taalluqli va xulosa berish uchun ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha ishtirok etadi.

Surishtiruv, dastlabki tergov organlari, sud va sud muhokamasidagi taraflar sud ekspertiga faqat unga topshirilgan sud ekspertizasi va u tomonidan berilgan xulosa munosabati bilan murojaat etishga haqli.

Sud eksperti faqat o‘zi tomonidan berilgan xulosa va shaxsan o‘tkazgan tekshirishlari yuzasidan so‘roq qilinishi mumkin.

Sud ekspertini u xulosa berguniga qadar so‘roq qilish taqiqlanadi.

11 -modda. Sud ekspertiga qo‘yiladigan malakaga oid talablar

Davlat sud eksperti lavozimini oliy malumotga, alohida hollarda esa o‘rta maxsus, kasb-hunar malumotiga ega bo‘lgan, muayyan sud-ekspert ixtisosligi bo‘yicha keyingi tayyorgarlikdan o‘tgan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda davlat sud eksperti sifatida attestasiyadan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi egallashi mumkin.

Sud eksperti sifatida jalb etiladigan boshqa tashkilot xodimi va boshqa jismoniy shaxs oliy malumotga, alohida hollarda esa o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lishi lozim.

12-modda. Davlat sud-ekspertiza muassasasi

Sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirish uchun tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan muassasa davlat sud-ekspertiza muassasasidir. Sud-ekspertlik faoliyati tegishli davlat organlarining ekspertiza bo‘linmalari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Sud ekepertizasini o‘tkazish mazkur ekspertiza bo‘linmalariga topshirilgan hollarda, ular davlat sud-ekspertiza muassasalari kabi vazifalarni amalgam oshirilishi mumkin. Sud ekspertizasini o‘tkazish mazkur ekspertiza, bo‘linmalariga topshirilgan hollarda, ular davlat sud-ekspertiza muassasalari kabi vazifalarni amalga oshiradi, hukuqlarga ega bo‘ladi, majburiyatlarni bajaradi va javobgar bo‘ladi.

Ayni bir xil ixtisoslikdagi davlat sud-ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini tashkil etish, o‘tkazish, davlat sud ekspertlarini kasbiy tayyorlash va ixtisoslashtirish sud-ekspertlik amaliyotiga yagona ilmiy-uslubiy yondashuv asosida amalga oshiriladi.

Davlat sud-ekspertiza muassasasida sud ekspertizalari, bu muassasa qaysi davlat organi ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha davlat organi tomonidan aniqlanadigan, u uchun belgilangan xizmat ko‘rsatish mintaqalariga muvofiq o‘tkaziladi.

Sud ekspertizasini tayinlagan va davlat sud-ekspertiza muassasasining xizmat ko‘rsatish mintaqasidan tashqarida joylashgan organlar (shaxslar) uchun sud ekspertizasi, istisno tariqasida, ushbu muassasa tomonidan qonun xujjatlariga muvofiq o‘tkazilishi mumkin.

Davlat sud-ekspertiza muassasalari qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.

2-bob. Davlat sud-ekspertiza muassasasi, boshqa tashkilot rahbarining hamda sud ekspertining huquq va majburiyatlari

13-modda. Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa tashkilot rahbarining sud ekspertlik faoliyati sohasidagi huquqlari

Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa tashkilot rahbari quyidagi huquqlarga ega:

agar mazkur tashkilotda tekshirishlarni o‘tkazish uchun tegishli mutaxassislar yoki zarur moddiy-texnik baza yoxud maxsus sharoitlar bo‘lmasa, sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror yoki ajrimni ijro etmasdan hamda sud ekspertizasini o‘tkazish uchun takdim etilgan tekshirish obektlari va ish materiallarini uch kunlik muddatda qaytarish;

sud ekspertizasini tayinlagan organdan (shaxsdan) sud ekspertlari komissiyasi tarkibiga mazkur tashkilotda ishlamaydigan shaxslarni, shu jumladan boshqa davlatlardan mutaxassislarni, agar sud ekspertizasini o‘tkazish uchun ularning maxsus bilimlari zarur bo‘lsa, kiritish to‘g‘risida iltimos qilish;

qo‘yilgan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan tekshirishlarni o‘tkazishni o‘z kuchlari va vositalari bilan taminlayotgan tashkilotlarga sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror yoki ajrimning ko‘chirma nusxasini yuborish;

sud ekspertizasini tayinlagan organdan (shaxsdan) mazkur tashkilotning tekshirish obektlari tekshirilganidan so‘ng ularni tashish, bundan pochta xarajatlari mustasno; tekshirish ob’ektlari sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) tomonidan olinmagan takdirda, ularni qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida ushbu tashkilotda saqlash; katta xavf tug‘diradigan ob’ektlarning mazkur tashkilotga kelib tushishi natijasidagi zararli oqibatlarni (portlash, yong‘in va shu kabilarni), agar sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) ushbu ob’ektlar bilan muomalada bo‘lishning unga malum bo‘lgan maxsus qoidalari to‘g‘risida rahbarga xabar bermagan bo‘lsa yoki ular lozim darajada o‘ralmagan bo‘lsa, bartaraf etish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplashni talab qilish.

Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa tashkilot rahbari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

14-modda. Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa tashkilot rahbarining sud-ekspertlik faoliyati sohasidagi majburiyatlari

Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa tashkilot rahbari:

sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim olinganidan so‘ng sud ekspertizasini o‘tkazishni mazkur tashkilotning ko‘yilgan savollarga javob berish uchun talab qilinadigan ko‘lamda maxsus bilimlarga ega bo‘lgan xodimlari jumlasiga kiradigan sud ekspertiga yoki sud ekspertlari komissiyasiga topshirishi;

sud ekspertiga yoki sud ekspertlari komissiyasining har bir azosiga sud ekspertining huquq va majburiyatlarini tushuntirishi (davlat sud-ekspertiza muassasalarining xodimlariga bunday tushuntirish ishga qabul qilish chog‘ida beriladi);

sud ekspertini bila turib noto‘g‘ri xulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov malumotlarini surishtiruvchi, tergovchi yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan bo‘yin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirishi, undan tegishli tilxat olishi va mazkur tilxatni xulosa bilan birga sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) yuborishi;

o‘tkazilayotgan tekshirishlarning to‘liqligi va sifati ustidan nazoratni, sud ekspertining mustaqilligi prinsipini buzmagan holda, taminlashi;

sud ekspertizasini o‘tkazish muddatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlashi va unga rioya etilishini nazorat qilishi;

sud ekspertiga tekshirishlarni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni taminlashi;

tekshirish tugaganidan so‘ng xulosani, tekshirish ob’ektlari va ish materiallarini sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) yuborishi shart.

Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa tashkilot rahbari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa tashkilot rahbari:

sud ekspertizasini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ko‘shimcha tekshirish ob’ektlarini sud ekspertizasini tayinlagan organning (shaxsning) qarori yoki ajrimisiz talab qilib olishga;

sud ekspertizasini o‘tkazish uchun mazkur tashkilotda ishlamaydigan shaxslarni mustaqil ravishda jalb etishga;

sud ekspertiga muayyan sud ekspertizasi yuzasidan tekshirish jarayonini va fikrlar mazmunini oldindan belgilab ko‘yadigan ko‘rsatmalar berishga haqli emas.

15-modda. Sud ekspertining huquqlari

Sud eksperti quyidagi huquqlarga ega:

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud ekspertizasi predmetiga oid ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur malumotlarni yozib olish yoki ko‘chirma nusxalar olish;

sud ekspertizasini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ko‘shimcha materiallar va tekshirish obektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish;

tergov harakatlari o‘tkazilayottanda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning ruxsati bilan hozir bo‘lish va shu tergov harakatlarida ishtirok etuvchi shaxslarga sud ekspertizasi predmetiga oid savollar berish;

sud muhokamasida sud ekspertizasi predmetiga oid dalillarni tekshirishda ishtirok etish va so‘roq qilinayotgan shaxslarga sudning ruxsati bilan savollar berish;

ashyoviy dalillar va qujjatlarni ko‘zdan kechirish;

o‘z xulosasida nafaqat o‘zining oldiga qo‘yilgan savollar bo‘yicha, balki sud ekspertizasi predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar bo‘yicha ham fikrlarini bayon etish;

uning xulosasi yoki ko‘rsatuvlari prosess ishtirokchilari tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinganligi xususida tergov harakati yoki sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi lozim bo‘lgan bayonotlar berish;

agar u ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki etarlicha bilmasa, o‘z ona tilida xulosa takdim etish va ko‘rsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish;

agar uning huquq va erkinliklarini ishni yuritayotgan organning qarorlari, shaxsning harakatlari (harakatsizligi) buzayotgan bo‘lsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish. Sud eksperti. qanun-hujjatlariga muvofiq-boshqa xuqo‘qlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

16-modda. Sud ekspertining majburiyatlari

Sud eksperti:

sud eksperti sifatida o‘zini o‘zi rad etishi uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, bu hakda sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) yoki davlat sud-ekspertiza muassasasining yoxud boshqa tashkilotning rahbariga darhol ma’lum qilishi;

o‘ziga taqdim etilgan tekshirish obektlarini har tomonlama va to‘liq tekshirishdan o‘tkazishi, o‘z oldiga qo‘yilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona xulosa berishi;

surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning chaqiruviga binoan surishtiruvda, dastlabki tergovda yoki sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun kelishi;

o‘zi o‘tkazgan sud ekspertizasi xususida ko‘rsatuvlar berishi va o‘zi bergan xulosani tushuntirish uchun ko‘shimcha savollarga javob berishi;

sud ekspertizasini o‘tkazishi munosabati bilan o‘ziga malum bo‘lib qolgan malumotlarni oshkor qilmasligi;

taqdim etilgan tekshirish obektlari va ish materiallarining saqlanishini taminlashi;

ish tergov qilinayotganda va sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart.

Sud eksperti zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

Sud eksperti:

sud ekspertizasini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan, ishning natijasidan o‘zining manfaatdor emasligini shubha ostiga qo‘yadigan masalalar yuzasidan prosess ishtirokchilari bilan shaxsiy aloqaga kirishishga;

sud ekspertizasini o‘tkazish uchun mustaqil ravishda materiallar to‘plashga;

sud ekspertizasi natijalarini sud ekspertizasini tayinlagan organdan (shaxsdan) tashqari biron-bir shaxsga xabar qilishga haqli emas.

Davlat sud eksperti, shuningdek:

agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, davlat sud-ekspertiza muassasasi rahbaridan tashqari bevosita boshqa biron-bir organdan (shaxsdan) sud ekspertizasini o‘tkazish to‘g‘risida topshiriqlar qabul qilishga;

boshqa tashkilot xodimi eki boshqa jismoniy shaxs sifatida sud ekspertizasini o‘tkazishga haqli emas.

3-bob. Sud ekspertizasini o‘tkazish

17-modda. Sud ekspertizasini o‘tkazish asoslari va muddatlari

Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning qarori, sudning ajrimi sud ekspertizasini o‘tkazii asoslaridir. Sud ekspertizasi tegishli qaror yoki ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran tayinlangan hisoblanadi.

Sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) tekshirishlarni o‘tkazish va xulosa berish uchun sud ekspertiga zarur bo‘lgan tekshirish obektlari hamda ish materiallarini takdim etadi.

Sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) tekshirish uchun namunalar oladi va ularni prosessual qonunda belgilangan tartibda ishga qo‘shib qo‘yadi. Zarur hollarda, bunday namunalarni olish sud ekspertizasini o‘tkazish topshirilgan sud eksperti yoki mutaxassis ishtirokida amalga oshiriladi.

Agar tekshirish uchun namunalar olish tekshirishlarning bir qismi hisoblansa va sud ekspertizasiga takdim etilgan tekshirish obektlaridan foydalanilgan holda sud ekspert tomonidan amalga oshirilsa, sud ekspertizasi tugallanganidan keyin mazkur namunalar uni tayinlagan organga (shaxsga) yuboriladi exud qonun xujjatlarida belgilangan tartibda davlat sud-ekspertiza muassasasida, agar sud ekspertizasi ushbu muassasada o‘tkazilgan bo‘lsa, saqlanadi.

Sud ekspertizasi qonun hujjatlarida belgilanga muddatlarda o‘tkaziladi.

18-modda. Qo‘shimcha va qayta sud ekspertizalari

Qo‘shimcha sud ekspertizasi xulosadagi bo‘shliqlarning o‘rnini t’oldirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa sud eksperti (sud ekspertlari komissiyasi) tomonidan o‘tkaziladi.

Xulosa asoslantirilmaganda yoki uning to‘g‘riligiga shubha tug‘ilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki sud ekspertizasini o‘tkazishning prosessual qoidalari jiddiy buzilganda qayta sud ekspertizasi tayinlanadi.

Qayta sud ekspertizasi tayinlanganda sud eksperti (sud ekspertlari komissiyasi) oldiga ilgari qo‘llanilgan tekshirish usullarining ilmiy asoslanganligi to‘g‘risidagi masala qo‘yilishi mumkin.

Qayta sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qarorda yoki ajrimda qayta sud ekspertizasini tayinlagan organning (shaxsning) birinchi (oldingi) sud ekspertizasi xulosasiga ko‘shilmaganligi sabablari ko‘rsatilishi lozim.

Qayta sud ekspertizasini o‘tkazish boshqa sud ekspertiga (sud ekspertlari komissiyasiga) topshiriladi. Birinchi (oldingi) sud ekspertizasini o‘tkazgan sud eksperti (sud ekspertlari komissiyasi) qayta sud ekspertizasini o‘tkazishda hozir bo‘lishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u tekshirish o‘tkazish va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi.

19-modda. Sud ekspertizasining sud ekspertlari komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi

Sud ekspertizasi bir xil (komissiyaviy sud ekspertizasi) yoki turli xil (kompleks sud ekspertizasi) sud-ekspert ixtisosligidagi bir necha sud eksperti tomonidan o‘tkazilishi mumkin.

Sud ekspertizasining sud ekspertlari komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) yoki mazkur ekspertizaning o‘tkazilishini tashkil etuvchi davlat sud-ekspertiza muassasasi yoxud boshqa tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.

Sud ekspertizasini o‘tkazish topshirilgan sud ekspertlari komissiyasi ‘oz oldiga ko‘yilgan masalalarni hal etish zarurligidan kelib chiqib, o‘tkaziladigan tekshirishlarning maqsadi, ketmaketligi va hajmini kelishib oladi.

Sud ekspertizasini o‘tkazish topshirilgan sud ekspertlari komissiyasi tarkibidagi har bir sud eksperti tekshirishlarni mustaqil va alohida olib boradi, shaxsan o‘zi va komissiyaning boshqa azolari tomonidan olingan natijalarni baholaydi hamda qo‘yilgan savollar yuzasidan o‘z maxsus bilimlari doirasida fikrlarini shakllantiradi.

Tekshirishlarning sud ekspertlari komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar tomonidan to‘liq yoki qisman o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

20-modda. Komissiyaviy sud ekspertizasi

Komissiyaviy sud ekspertizasi o‘tkazilayotganda sud ekspertlarining har biri tekshirishlarni to‘liq hajmda o‘tkazadi va ular olingan natijalarni birgalikda tahlil qiladi.

Sud ekspertlari umumiy fikrga kelganidan so‘ng birgalikdagi xulosani yoki xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risidagi hujjatni tuzadi va imzolaydi.

Sud ekspertlari o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar bo‘yicha alohida xulosa beradi.

21-modda. Kompleks sud ekspertizasi

Kompleks sud ekspertizasi ish uchun ahamiyatga molik holatlarni turli ilm sohalaridan foydalangan holda bir necha tekshirish o‘tkazish yo‘li bilangina aniqlash mumkin bo‘lgan hollarda tayinlanadi.

Kompleks sud ekspertizasini o‘tkazishda sud ekspertlarining har biri o‘z vakolati doirasida tekshirishlar olib boradi. Kompleks sud ekspertizasining xulosasida sud ekspertlarining har biri qaysi tekshirishlarni va qancha hajmda, olib borganligi, qaysi holatlarni shaxsan o‘zi aniqlaganligi hamda qanday fikrlarga kelganligi ko‘rsatiladi. Sud ekspertlarining har biri xulosaning ushbu tekshirishlar bayon etilgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar bo‘ladi.

Umumiy fikrni (fikrlarni), olingan natijalarni baholashga va ushbu fikrni (fikrlarni) shakllantirishga vakolatli bo‘lgan sud ekspertlari qiladi. Agar sud ekspertlari komissiyasi yakuniy fikrining yoki uning bir qismining asosi sifatida sud ekspertlaridan birining (alohida sud ekspertlarining) aniqlagan holatlari olingan bo‘lsa, bu haqda xulosada ko‘rsatilishi kerak.

Sud ekspertlari o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar bo‘yicha alohida xulosa beradi.

Agar kompleks sud ekspertizasini o‘tkazish davlat sud-ekspertiza muassasasiga topshirilgan bo‘lsa, unda ushbu ekspertizani tashkil qilish uning rahbari zimmasiga yuklatiladi.

22-modda. Sud ekspertizasi o‘tkazilayotganda prosess ishtirokchilarining hozir bo‘lishi

Sud ekspertizasi o‘tkazilayotganda prosessual qonunda prosessning qaysi ishtirokchilariga sud ekspertizasini o‘tkazishda hozir bo‘lish huquqi berilgan bo‘lsa, o‘sha ishtirokchilar hozir bo‘lishi mumkin.

Sud ekspertizasi o‘tkazilayotganda hozir bo‘lgan prosess ishtirokchilari tekshirishlar jarayoniga aralashishga haqli emas, lekin sud ekspertidan u tomonidan qo‘llanilgan tekshirish usullarining va olingan natijalarning mohiyatini tushuntirib berishni talab qilishi, sud ekspertiga tushuntirishlar berishi mumkin.

Sud eksperti tomonidan xulosa tuzilayotganda, shuningdek, agar sud ekspertizasi sud ekspertlari komissiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan bo‘lsa, sud ekspertlarining maslahatlashuvi va fikrlarni shakllantirish bosqichida prosess ishtirokchilarining hozir bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Agar sud ekspertizasi o‘tkazilayotganda hozir bo‘lgan prosess ishtirokchisi sud ekspertiga xalaqit bersa, u tekshirishni to‘xtatishga va mazkur prosess ishtirokchisining sud ekspertizasi o‘tkazilayotganda hozir bo‘lishiga doir ruxsatini bekor qilish haqida sud ekspertizasini tayinlagan organdan (shaxsdan) iltimos qilishga haqli.

23-modda. Sud ekspertining xulosasi (xulosa)

Sud eksperti yoki sud ekspertlari komissiyasi tekshirishlarni o‘tkazib bo‘lganidan keyin tegishincha sud eksperti yoxud sud ekspertlari komissiyasi tarkibiga kiruvchi har bir sud eksperti imzosi bilan tasdiqlanadigan xulosa tuzadi.

Xulosada:

sud ekspertizasi o‘tkazilgan sana va joy;

sud ekspertizasini o‘tkazish asosi;

sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) to‘g‘risida malumotlar;

sud eksperti (familiyasi, ismi, otasining ismi, malumoti, ixtisosligi, ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va sud ekspertizasini o‘tkazish topshirilgan tashkilot haqida malumotlar;

sud ekspertining bila turib noto‘g‘ri xulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov malumotlarini surishtiruvchi, tergovchi yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan bo‘yin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilganligi;

sud ekspertining oldiga qo‘yilgan savollar;

sud ekspertiga taqdim etilgan tekshirish obektlari va ish materiallari;

sud ekspertizasi o‘tkazilayotganda hozir bo‘lgan shaxslar haqida malumotlar;

qo‘llanilgan usullar ko‘rsatilgan holda tekshirishlarning mazmuni va natijalari, shuningdek bu tekshirishlar, agar sud ekspertlari komissiyasi ishlagan b’olsa, kim tomonidan o‘tkazilganligi;

tekshirish natijalarining baholanishi, ko‘yilgan savollarga berilgan asosli javoblar;

ish uchun ahamiyatga molik bo‘lgan va sud ekspertining tashabbusiga ko‘ra aniqlangan holatlar ko‘rsatilishi lozim.

Xulosada huquqbuzarlik sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar, shuningdek ularni bartaraf etishga doir tashkiliy-texnikaviy tavsiyalar ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.

Xulosani va uning natijalarini tasvirlovchi materiallar ushbu xulosaga ilova qilinadi hamda uning tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qiladi.

Tekshirishning olib borilishi, shart-sharoitlari va natijalarini hujjatlashtiradigan materiallar davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki boshqa tashkilotda qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanadi.

Ular sud ekspertizasini tayinlagan organning (shaxsning) talabiga binoan ishga qo‘shib qo‘yish uchun takdim etiladi.

Agar taqdim etilgan tekshirish obektlarining, materiallarning yoki sud ekspertining maxsus bilimlari etarli emasligi tekshirish davomida ma’lum bo‘lib qolsa, xulosa ayrim qo‘yilgan savollarga javob berishni rad etish asosini o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.

Tekshirish tugaganidan so‘ng xulosa, tekshirish obektlari va ish materiallari sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) yuboriladi.

24-modda. Xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risidagi hujjat

Agar sud eksperti qo‘yilgan savollarni uning maxsus bilimlari asosida hal qilish mumkin bo‘lmasligiga yoki unga taqdim etilgan tekshirish ob’ektlarining yoxud materiallarning yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun etarli emasligiga va ularni to‘ldirib bo‘lmasligiga yoxud fan va sud-ekspertlik amaliyotining holati qo‘yilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch hosil qilsa, u xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risida asoslantirilgan hujjat tuzadi hamda uni sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) yuboradi.

4-bob. Sud-ekspertlik faoliyatini moliyalashtirish, tashkiliy, ilmiy uslubiy va axborot bilan ta’minlash

25-modda. Sud-ekspertlik faoliyatini moliyalashtirish

Davlat sud-ekspertiza muassasalari faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

Davlat sud-ekspertiza muassasalari fuqarolik va xo‘jalik ishlari bo‘yicha sud ekspertizalarini o‘tkazganlik uchun to‘lov undirishga haqlidir. Bunda sudda davo taqdim etgan hamda da’voni quvvatlayotgan davlat organlari davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan o‘tkazilgan sud ekspertizalari uchun to‘lovdan ozod etiladi. To‘lov miqdori va mazkur mablag‘larni sarflash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Boshqa tashkilot xodimlari va boshqa jismoniy shaxslar tomonidan sud ekspertizalari o‘tkazilganligi uchun to‘lov sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

26-modda. Davlat sud-ekspertiza muassasalarining faoliyatini tashkiliy va ilmiy-uslubiy taminlash

Davlat sud-ekspertiza muassasalarining faoliyatini tashkiliy taminlash, ular qaysi davlat organlari tasarrufida bo‘lsa, o‘sha davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Sud ekspertizalarini o‘tkazishni ilmiy-uslubiy taminlash tegishli davlat sud-ekspertiza muassasalariga yuklatiladi.

Sud ekspertizasini rivojlantirishning idoralararo xususiyatga ega bo‘lgan eng muhim masalalarini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xuzurida Sud ekspertizasi muammolari bo‘yicha kengash tashkil etiladi. Sud ekspertizasi muammolari bo‘yicha kengashning tashkil etilishi va faoliyati tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

27-modda. Davlat sud-ekspertiza muassasalarining sud-ekspertlik faoliyatini axborot bilan taminlash

Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar davlat sud-ekspertiza muassasasi rahbarining yozma so‘roviga ko‘ra sud ekspertizasini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan axborotni taqdim etishi shart. Bunda davlat sud-ekspertiza muassasalari davlat sirlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi olingan malumotlarning oshkor qilinmasligini ta’minlaydi.

28-modda. Davlat sud-ekspertiza muassasalarini qo‘riqlash

Davlat sud-ekspertiza muassasalarini ko‘riqlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi va O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

5-bob. Yakunlovchi qoidalar

29-modda. Xalqaro hamkorlik

Davlat sud-ekspertiza muassasalari O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq sud-ekspertlik faoliyati sohasida chet davlatlarning tegishli organlari va muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi.

30-modda. Davlat sud ekspertlari mehnatiga haq to‘lash va ularning ijtimoiy muhofazasi

Davlat sud ekspertlarining ish haqi mansab maoshi, ustamalar va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa qo‘shimcha haqlardan iborat bo‘ladi.

Davlat sud ekspertlarining hayoti va sog‘lig‘i qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilinadi.

31 -modda. Sud ekspertizasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Sud ekspertizasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

32-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga uvofiqlashtirish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilot tomonidan sud ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

33-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Toshkent shahri

2010 yil 1 iyun

№ O‘RQ-249